Shakarni asalga almashtirish kerakligining 6 sababi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shakarni asalga almashtirish kerakligining 6 sababi
- Дата релиза: 26-04-18, 10:32
Asal — bu 100% tabiiy mahsulot. Shakar lavlagi yoki shakarqamishdan tayyorlanadi. Lekin shakarning o‘rniga asal iste’mol qilish haqida o‘ylab ko‘rish uchun ba’zi sabablar bor.
Asal ortiqcha vazn “yig‘maydi”
Asal iste’mol qilish organizmda grelin — ochlik gormoni hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. Bu gormon qancha ko‘proq bo‘lsa, odam ochlikni shuncha kuchliroq his qiladi.
Asal diabetiklarga tavsiya qilinadi
Shakar qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun taqiqlangan oziq-ovqat hisoblanadi. Shuning uchun ularga asal tavsiya qilinadi: u bir vaqtning o‘zida ham shirinlikka bo‘lgan ehtiyojni qondiradi, ham qondagi shakar miqdorini oshirib yubormaydi.
Asal — stressga qarshi vosita
Ma’lum bo‘lishicha, asal asab tizimini mustahkamlash xususiyatiga ega va uni samarali uxlatuvchi sifatida ham ishlatish mumkin ekan. Buning uchun 2 qoshiq qalampirmunchoq 3 piyola qaynoq suvga solinadi va yarim soat davomida damlab qo‘yiladi. Keyin suzib olinadi va 4 qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Bu ichimlik bir kunda uch mahal yarim piyoladan ichiladi.
Asal antibakterial xususiyatga ega
Asal shilliq qavatlarda virus va bakteriyalar ko‘payib ketishining oldini olish xususiyatiga ega. Aynan shuning uchun shifokorlar tomonidan shamollash, nafas yo‘llari kasalliklari va hatto disbakteriozni davolashda ham undan foydalanish tavsiya qilinadi.
Asal me’da-ichak muammolarida ham qo‘l keladi
Asalning tarkibi ovqat hazm qilishni yaxshilovchi va yuqori kislotalilikda foydali bo‘lgan moddalardan tashkil topgan. Shuning uchun u ichak kasalliklarining deyarli hamma turlarida tavsiya qilinadi.
Asal — bu go‘zallik
Agar ayol kishi qarishni xohlamasa asal yeyishi lozim, chunki uning tarkibida juda muhim modda — antioksidantlar mavjud. Ular ajinlarni keltirib chiqaruvchi erkin radikallarning harakatiga to‘sqinlik qiladi. Asal ajinlarni kamaytirishga, terining rangini yaxshilashga va teridagi yog‘ bezlari ishining tezligini pasaytirishga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар