Shifo maslahat: “KUNDAN-KUN OZIB KETAYaPMAN”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: “KUNDAN-KUN OZIB KETAYaPMAN”
- Дата релиза: 05-10-17, 09:13
— Vaznimdan hech qachon nolimaganman. Ammo shu kunlarda negadir ozib borayapman. Bu biror kasallik belgisi emasmikan?
Sh.Kamolova, Toshkent viloyati
Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:
— Avvalo qay paytdan boshlab vazn yo`qotayotganingizni aniqlash lozim. O`ylab ko`ring, so`nggi vaqtlarda organizmingizda hech qanday bezovtalik, tana a`zolarida og`riq kuzatilmadimi? Ruhiy holatingiz qanday? Stress, depressiya, tez-tez asabiylashish mavjud emasmi? Hayotingizda biror jiddiy burilish bo`ldimi? Bordi-yu sanab o`tilgan omillar orasidan muammo sababi topilmasa, shifokorga murojaat eting. Odatda vazn tashlash oshqozon va o`n ikki barmoqli ichak yarasi, seliakiya, moddalar almashinuvining buzilishi, endokrin tizimi, gormonal o`zgarishlar yoxud o`smalar tufayli bo`lishi mumkin.
Ozish bilan barobar kayfiyat o`zgarishi, ishtahasizlik, quvvatsizlik va parishonxotirlik ham mavjud bo`lsa, tibbiy tekshiruvlardan o`tib, davolanish tavsiya etiladi. Vaznni tiklash uchun ko`p miqdorda ovqat tanovul qilish, yog`li egulik va shirinliklardan foydalanish noto`g`ri. Buning natijasida xolesterin balosini orttirib olasiz. Yaxshisi, mutaxassisga uchrab, tahlil topshiring.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар