Shifo maslahat: “QIZIMDA KISTA BOR EKAN...”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: “QIZIMDA KISTA BOR EKAN...”
- Дата релиза: 23-09-17, 20:16
— Tuxumdon kistasi faqat ayollarda uchraydi, deb o`ylardim. Yaqinda qizimni tibbiy ko`rikdan o`tkazayotib, UTT tekshiruvi chap tuxumdonda kista borligini ko`rsatdi. Surishtirsam, avval og`riq berarkanu, qizim bu haqida aytmagan ekan. Endi bolamdan xavotirdaman, Muolaja qilinsa, keyinchalik asorati bo`lmasmikan?
Zebo, Toshkent viloyati
Nilufar ABDULLAEVA, oliy toifali shifokor-genikolog:
— Tuxumdon kistasi gormonal o`zgarishlar, jinsiy a`zodagi yallig`lanish, tomoq, burun bo`shlig`idagi infeksiyalar asoratida kelib chiqishi mumkin. Kista yiring, qon yoki suyuqlik yiqqan pufakcha ko`rinishida bo`lib, hayz oldi og`riq beradi. UTT tekshiruvi kista borligini ko`rsatgan bo`lsa, ginekolog ko`rigi bilan birga endokrinolog xulosasi ham talab qilinadi. Gormonlarga tahlil topshirilishi ham mumkin. Yallig`lanishga qarshi preparatlar, gemoglobin va immunitetni mustahkamlovchi vositalar yordamida bajarilgan muolaja natijasida kista so`rilib ketadi. Davolanish choralarining to`g`ri bajarilsa, keyinchalik hech qanday asorati bo`lmaydi, xususan, farzand ko`rishga ham ta`siri yo`q. Kasallik qaytalanmasligi uchun qalqonsimon bez profilaktikasiga jiddiy e`tibor qaratish lozim.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар