Shifo maslahat: “SIMPOTOGANGLIONIT NIMA?”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: “SIMPOTOGANGLIONIT NIMA?”
- Дата релиза: 23-09-17, 20:14
— Shifokorlar menga simpotoganglionit tashxisini qo`yishdi. Kasallik varaqasida esa teri gerpesi degan so`zlar ham aks etgan. Mana shu holatga aniqlik kiritsangiz? Aslida ikkisi bir xastalikmi yoki bo`lakmi?
M.I., Toshkent shahri
Rustam ZOKIROV, shifokor dermato-nevrolog:
— Simpatoganglionit, bu simpatiknerv gangliyalarining yallig`lanishi bo`lib, aniq chegaralanmagan achishuvchi og`riq va mahalliy trofik o`zgarishlar bilan kechadi. Xastalik ko`pincha o`tkir infeksion kasalliklar (gripp, qizamiq, difteriya, zotiljam, angina, ko`kyo`tal, dizenteriya, sepsis, saramas) va surunkali infeksiyalar (tuberkulyoz, sifilis, brusellez, revmatizm) oqibatida kelib chiqadi. Bundan tashqari, simpatoganglionitning birlamchi virusli ko`rinishi ham tafovut etiladi va u gerpetik infeksiya natijasida yuzaga kelishi mumkin. Savolingiz mazmunidan sizga qo`yilgan tashxisda kasallikni paydo qilgan omil gerpetik infeksiya ekanligi nazarda tutilgan. Agar to`liq tekshiruvdan o`tgan bo`lsangiz, albatta muolajani kechiktirmang.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар