Shifo maslahat: “TERIM KO`ChIB TUShAYaPTI...”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: “TERIM KO`ChIB TUShAYaPTI...”
- Дата релиза: 23-09-17, 20:13
— Qo`l barmoqlarim terisi vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi. O`z-o`zidan qichishish paydo bo`lib, bir necha soat ichida qurib, ko`cha boshlaydi. Oziqlantiruvchi kremlarning deyarli barchasidan foydalanib ko`rganman. Bir necha kundan so`ng muammo yana qaytalanadi. Bu nimadan bo`lishi mumkin? Balki biror tahlil topshirishim zarurdir?
Oydin Komilova, Qashqadaryo viloyati
Rustam ZOKIROV, shifokor dermato-nevrolog:
— Avvalo qo`l terisidagi bezovtalik kunning qaysi qismida boshlanayotganini kuzatish kerak. Bu shifokor ko`rigida asqatishi mumkin. Qo`l terisidagi qichishish va teri ko`chishi bilan nomoyon bo`layotgan muammoning sababi turlicha bo`lishi mumkin. Xususan, A va E vitaminlar taqchilligi, allergiya, stress, uzoq muddat qabul qilingan dori preparatlariga sezuvchanlik, kimyoviy moddalarga ta`sirchanlik, dermatit, terining zamburug`li kasalliklari, infeksion xastaliklar kabi. Ana shu holatlardan kelib chiqib, bezovtalik xarakterini tushunish mumkin. Mutaxassis ayrim tahlil namunalarini o`tkazib, shunga ko`ra muolaja usulini tavsiya etadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар