Shifo maslahat: “TISh OG`RIQ KEChASI BEZOVTA QILSA...”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: “TISh OG`RIQ KEChASI BEZOVTA QILSA...”
- Дата релиза: 12-10-17, 08:52
— Meni ko`pincha kechasi tishim bezovta qilib, xuddi og`riq yoyilib ketganday tuyuladi. Bunday paytda nima qilsam bo`ladi? Bunaqa og`riqning sababi nima bo`lishi mumkin?
Sobir Shokirov, Toshkent viloyati
Erkin RASULOV, stomatolog-shifokor:
— Bunday holat tish pulpasi (har bir tish o`rtasidagi bo`shliqni to`ldirib turadigan va nerv uchlari tutashadigan yumshoq to`qima)ning o`tkir yallig`lanishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bunda og`riq davomli va azob beradigan xarakterga ega bo`ladi. Uni og`riq qoldiruvchi preparatlar yordamida qoldirishga urinish befoyda.
Og`iz bo`shlig`iga turli vositalar (spirt, analgin, aspirin va hokazo) orqali ta`sir etish ham samara bermaydi. Faqatgina bilinar-bilinmas darajada og`riqni pasaytirish mumkin, xolos.
Tish og`rig`i tish qattiq to`qimasining jarohatlanishi (karies va uning oqibatlari) ta`sirida bo`lishi ham mumkin. Bu o`rinda faqatgina shifokor yordam bera oladi. Shuni ham inobatga olish kerakki, jag` o`smasi, gaymor bo`shlig`i, asablarning yallig`lanishi, markaziy asab tizimi kasalliklari ham tishlarga og`riq berishi mumkin.
Agar tish og`rig`i boshlansa, avvalo ularni tozalang va hech nima emang (oziq qoldiqlari yangi og`riqqa turtki berishi mumkin). Og`zingizni iliq sodali suv bilan chayqang. Bu aralashmaga zararli mikroblardan tozalash uchun biroz yod tomizishingiz ham mumkin.
Agar sizda karies bo`lsa, kasallik darajasiga qarab og`riq vaqti-vaqti bilan qayta bosh ko`tarib turishi mumkin.
Pulpit esa o`z-o`zidan paydo bo`luvchi xurujlanuvchi, tarqaluvchi og`riqqa olib keladi. Bunday paytda shifokor qabuliga borguncha vaqtincha davo sifatida uy sharoitida ichimlik sodasi yoki moychechak, marmarak damlamalari bilan tishlarni chayish yordam berishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар