Shifo maslahat: “TOMOQ QIZARSA, AChChIQTOSh BILAN ARTILADIMI?”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: “TOMOQ QIZARSA, AChChIQTOSh BILAN ARTILADIMI?”
- Дата релиза: 05-10-17, 09:13
— Bolaligimdan tomog`im juda “nozik”. Ko`proq shirinlik eb yuborsam ham, qizarib ketadi. Dugonalarim achchiqtosh eritmasida tomoqni artish yaxshi natija berishini aytishdi. Shunday qilsam bo`ladimi?
G.Shokirova, Jizzax viloyati
Timur MADAZIMOV, shifokor otolaringolog:
— Spirt, achchiqtosh kukuni yoki shu kabi boshqa turli xil eritmalarda qizarib turgan tomoqni artish man etiladi. Tomoq qizarishi sodir bo`lganida murtak bezlarining ta`sirchanligi ortadi. Bu vaqtda ularga turli eritmalar bilan ishlov berish murtak bezi yuzasining shilinishi, shishishi va buning oqibatida nafas yo`llarining berkilib qolishi yuzaga kelishi mumkin. Tomog`ingiz tez-tez og`rib tursa, tuzli suv yoki moychechak damlamasida g`arg`ara qiling. Sitrus mevalar, shirinlik, qahva va allergik xurujlarni paydo qiluvchi mahsulotlarni cheklang. Shu bilan birga, vaqti-vaqti bilan shifokor ko`rigidan o`tib turishingiz lozim.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар