Shifo maslahat: “VAZNIM BO`YIMGA MOS EMAS”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: “VAZNIM BO`YIMGA MOS EMAS”
- Дата релиза: 13-09-17, 21:35
— Yoshim 22 da. Bo`y o`lchamim 178 sm. Bo`lsa-da, vaznim 59 kg.ni tashkil etadi. Ayting-chi, bo`yimga mos tarzda qanday qilib vazn to`plashim mumkin?
Ahror Po`latov, Buxoro viloyati
Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:
— Sizning yoshingizda bo`y o`sishi jadal suratda yuz berib, shuning hisobiga vazningiz kamayib ketayotgandek tuyulayotgan bo`lishi mumkin. Agar chindan ham vazningizdan xavotirda bo`lsangiz, endokrinolog shifokor ko`rigidan o`tib, gormonlar tahlilini topshiring. Shu bilan birga, gastroenterolog ko`rigi ham talab qilinishi mumkin. Sizning yoshingizda jismoniy faollik ko`p. Bu esa vazn ortishiga to`sqinlik qiladi. 30-40 yoshdan keyin moddalar almashinuvi susayib, asta-sekinlik bilan vazn to`planishi sodir bo`ladi. Maslahatim, avval tibbiy ko`rikdan o`ting. Agar organizmingizda hech qanday muammo aniqlanmasa, so`ng kaloriyasi yuqori bo`lgan mahsulotlarni iste`mol qilishingiz mumkin. Semirish uchun mushaklarni kattalashtiruvchi usullarni qo`llamang.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар