Shifo maslahat: YuRAGINGIZ NOTINChMI?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shifo maslahat: YuRAGINGIZ NOTINChMI?
- Дата релиза: 13-09-17, 21:36
— Avvallari ham chap ko`krak sohasida sanchiqli og`riqlar bo`lib turardi. Shu kunlarda chap qo`lim va kuragimda ham sanchiq paydo bo`lib qolgan. Yuragim emasmikan deb tashvishdaman. Ba`zilar bu nevralgiya, yurak emas, deyishayapti. Yurak bezovtaligi bo`lsa, qanday belgilar sodir bo`lishi mumkin? Shu haqda ma`lumot bersangiz.
Xolida Omonova, Samarqand viloyati
Nasiba ALIMOVA, oliy toifali shifokor-kardiolog:
— Yurak sohasidagi og`riq turli xarakterda bo`lishi mumkin. Qolaversa, ushbu a`zodagi og`riqning bir qancha turlari bor. Bezovtalikka aniq tashxis qo`yish uchun og`riqning kelib chiqish payti, davomiyligi, tananing qaysi a`zolariga tarqalayotgani va qay holatda boshlanishini bilish lozim. Ko`pincha qisqa muddatli va o`z-o`zidan o`tib ketadigan og`riqlar yurak bilan bog`liq bo`ladi. Uzoq davom etadigan xili esa yurak atrofidagi mushaklar, nerv tolalari ishi bilan izohlanadi. Maslahatim — shifokor ko`rigidan o`ting. Mutaxassis umumiy ahvolingiz, shikoyatlaringizdan kelib chiqib, vaziyatga aniqlik kiritishi mumkin. Tashxis qo`yishda kardiogramma tekshiruvi, ExoEKG tahlillari o`tkaziladi. Bugun yurak faoliyatidagi o`zgarishlarni baholashda yurakka yuklama berish usuli ham qo`llanilmoqda. Ushbu usul yurakning funksional holatini aniq baholab beradi. Mutaxassis nazoratida o`tkazilgan yuklama usuli natijasidan kelib chiqib, og`riq yurak bilan bog`liqmi yoki boshqa o`zgarishlar ta`sirimi, aniq xulosaga kelish mumkin. So`ng shunga ko`ra muolaja usuli tanlanadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар