ShIFOKORLARNING 7 YaNGLISh TAShXISI!

ShIFOKORLARNING 7 YaNGLISh TAShXISI!

ShIFOKORLARNING 7 YaNGLISh TAShXISI!
Shifokor to`g`ri tashxis qo`yganiga shubhangiz bormi? Ba`zan shunaqasi ham bo`lib turadi... Charchoq, ish yuklamasining haddan ziyodligi eng malakali mutaxassisning ham bemorga etarli darajada e`tibor berolmasligiga, buning oqibatida xato tashxis qo`yishiga olib kelishi mumkin. Ko`rikka bir necha kasalliklarda kuzatiladigan belgilardan shikoyat qilib kelgan bo`lsangiz, noto`g`ri tashxis qo`yish xavfi yanada oshadi. Bunday vaziyatda bemor ham o`z navbatida shifokorga to`g`ri savollar bilan murojaat qilib, qo`shimcha tekshiruv usullar buyurishini talab qilishi kerak. Bu haqda shifokor-terapevt, professor Sur`at BOBOJONOV atroflicha ma`lumot beradi.

TAShXIS: MIGREN, INSULT...

BELGILAR: ta`sirchanlikning pasayishi (ayniqsa bir tomonlama bo`lsa), bosh og`rig`i, bosh aylanishi, ko`rishi qobiliyati, harakatningning buzilishi, nutqning sekinlashuvi. Mazkur alomatlarda ko`pincha vestibulyar apparatidagi buzilishlar, migren (kuchli bosh og`rig`i), quloq kasalliklariga tahmin qilinadi.

Yana nima bo`lishi mumkin: insult.

Xato sababi: 45 yoshdan kichik odamlarning 25 foizida insult kasalligi o`z vaqtida aniqlanmaydi. Bemor yosh va sog`lom ko`rinsa, belgilar unchalik sezilmasa, vaqt etishmovchiligidan charchagan shifokor kasallikdan shubha qilmay, sizni uyga jo`natishi mumkin. Bu holatda yana bir hurujni (bu gal yanada kuchlirog`ini) boshdan kechirishingiz ehtimoldan holi emas. Vaholanki, insultdan keyingi ilk uch soatda davo choralarini tezroq boshlash muhim. Bunday qilinmasa, organizmning tiklanishi juda qiyin kechadi.

Nimaga e`tibor berish kerak? Agar ta`sirchanlikning yo`qolishi bir tomondan sezilsa, yuqoridagi belgilardan birini sezayotgan bo`lsangiz, darhol «tez yordam» chaqiring.

TAShXIS: OTIT, BOSh OG`RIG`I

Belgilar: bosh og`rig`i, quloqdagi bog`riq va shovqin, bel, bo`yin yoki tishlardagi og`riq. Bu holatda shifokor shaqiqa (migren, kuchli bosh og`rig`i) yohud OTIT ga tahmin qilishi mumkin.

Yana nima bo`lishi mumkin: jag` chiqishi.

Xato sababi: bosh, bo`yin yoki beldagi tortuvchi, simillovchi og`riq sezganda odatda, nevrolog yoki terapevtga murojaat qilasiz. Aslida esa bunday paytda sizga bor-yo`g`i tish shifokori kerak! Vaziyatning murakkabligi shundaki, belgilar xilma-xil, og`riq esa doimiiy emas. Jag` shikstlanishiga jarohatlar, tishlarning o`z qatoridan surilishi, mushaklarning tirishish (spazm), hatto esnaganda jag`ni katta ochish oqibatida yuz berishi mumkin. Jag` bo`g`imlarining o`ziga xos tuzilishi sababli buni rentgen tekshiruvida ham aniqlash juda qiyin kechadi. Natijada ba`zi bemorlar yillab og`riqdan qiynalib yurishlari mumkin.

Nimaga e`tibor beramiz? Shifokor buyurgan dorilar, uqalash. Kompress va fiziodavolash muolajalari, dam olish kor kelmadimi? Tez shifokor yoniga boring!

TAShXIS: STRESS, VAHIMA

Belgilari: behollik, nafas olishning qiyinlashuvi, ko`krak sohasidagi og`riq yoki og`irlik hissi. Mazkur bezovtaliklar bilan murojaat qilinganida shifokor stress yoki vahimaga tushish (panik hujum) holatini aytishi mumkin .

Yana nima bo`lishi mumkin? Yurak huruji, infarkt miokardi.

Xato sababi: birinchidan, yurak kasalliklarining belgilari erkaklarda ayollarga qaraganda ancha aniq bo`ladi. Negaki, ayollar bu sohadagi o`zgarishlarga unchalik e`tibor qilmaydi. Ba`zan charchoq va holsizlik ayol bemorlar bildiradigan yagona shikoyatlar bo`ladi. Buning asosida esa to`g`ri tashxis qo`yish amrimahol. Ikkinchidan yurak-qon tomir kasalilliklari borgan sayin yosharib borayotgani hech kim uchun sir emas. Yurak sohasidagi og`riqlar hozirgi kunda hatto 40 yoshga to`lmagan ayollarda kuzatiladi. Kasallik xavfi ortiqcha vazn, qon bosimining yuqoriligi hamda ba`zi gormonal dori qabuli sababli yanada oshadi.

Nimaga e`tibor berish kerak? Agar shifokor buyurgan davo choralari kor kelmay, bir sutka davomida ahvolingiz yaxshilanmagan bo`lsa, zudlik bilan shifokor-kardiolog huzuriga boring.

TAShXIS: DEPRESSIYa

Belgilari: holsizlanish, atrofda sodir bo`layotgan hodisalarga, yaqinlarga nisbatan befarqlik, semirib ketish, uyqusizlik, mushaklardagi og`riq. Shifokor qo`ygan tashxis: ruhiy tushkunlik (depressiya).

Yana nima bo`lishi mumkin? buqoq xastaligi.

Xato sababi nimada? Agar shikoyatingiz behollik va noxush kayfiyat bilan bog`liq bo`lsa, shifokor ushbu belgilarni ruhiy tushkunlik bilan bog`lab, sizni ruhshunos huzuriga yuboradi. Ammo vaznning keskin ko`payishi va mushaklardagi og`riq, befarqlik hislari qalqonsimon bezning etarli darajada gormonlar ishlab chiqarmasligi bilan bog`liqligini nazardan qochiradi. O`z vaqtida davolanmasa, bemor buqoqdan tashqari, xafaqon, qonda xolesterin moddasining ko`payishi, yurak xastaliklari va oxir-oqibat haqiqiy ruhiy tushkunlikni ham orttirib oladi.

Nimaga e`tibor berish kerak? Agar hayotingizda (oilangiz va ishda) hammasi joyida bo`lsa-yu, behollik va tushkun holat sizning doimiy hamrohingizga aylanib borsa, shifokorga murojaat qilgan paytda darrov qon tahlilini topshirish asnosida qalqonsimon bez faoliyatini tekshirtirishni ham so`rang.

TAShXIS: IChAK DISBAKTERIOZI

Belgilari: qorin sohasidagi og`riqlar, teridagi toshmalar, qorin dam bo`lishi, qabziyat yoki aksincha ich ketish holatlarida shifokorlar ichak disbakterioziga tashhis qo`yishadi.

Yana nima bo`lishi mumkin: Ichaklarning qo`zg`alishi, laktoza etishmasligi, oshqozon va o`n ikki barmoq ichak kasalligi, kolit kasalligi

Xato sababi: Qorindagi og`riqdan shikoyat qilganingizda shifokor baksurtma tahlili topshirishingizga undaydi. Tekshiruv natijalari salbiyligini ko`rgach, bemorga ferment va antibiotik vositalar buyuriladi. Ammo davolashning bu turi ko`p hollarda samarali bo`lmaydi, negaki, ichaklardagi mutanosiblikning buzilishi kasallik emas, bir necha o`zgarishlarning oqibatidir. Va aynan ushbu holatlarni bartaraf qilish kerak. Axir kasalliklar sirasiga disbakterioz umuman kiritilmagan. Ichaklardagi muhit esa bemorning ovqatlanish tarzi, dorilar qabuliga bog`liq bo`lib, vaziyatga qarab o`zgaradi va aniq belgi sifatida qabul qilinmasligi kerak.

Nimaga e`tibor berish kerak? Tibbiy varog`ingizda «disbakterioz» yozuvini ko`rsangiz, bu holatga olib kelgan sabablarni topishga undang.

TAShXIS: VEGETOMIRLI DISTONIYa

Belgilari: bo`shashib ketish, qon bosimining ko`tarilib-tushishi, bosh aylanishi, bosh og`rig`i, uyquning buzilishi. Ushbu alomatlar kuzatilganida vetgetomirli distoniyaga shubha qilinadi.

Yana nima bo`lishi mumkin: Qonda xolesterin miqdorining oshishi, organizmning surunkali oshqozon-ichak, buyrak kasalilklari, hatto oddiy tomoq og`rig`ida ta`sirida organizmning zo`riqiib ishlashi bo`lishi mumkin. Xato sababi: Vegetotomirli distoniya xalqaro kasalliklar ro`yxatida bo`lmagan yana bir xastaliklardan biri. Aslida tomirlar kasallik beradigan zarba makoni xolos. Aslida belgilarni emas, ushbu holatga olib kelgan sabablarni aniqlab, ularni bartaraf qilish kerak. Odatda, shifokor bir qator tomirlarni kuchaytirishga qaratilgan vositalarni buyuradi. Ular esa kutilgan natija bermaydi. Negaki, gap xolesterin ko`tarilishda bo`lsa, jigar ishini me`yorlashtirish va ovqatlanish, dam olish tratibini yo`lga qo`yish kerak. Gap organizmning surunkali kasalliklar ta`sirida zo`rqishi va oxir-oqibat zaharlanishida bo`lsa, birinchi galda kasallik o`choqlarini aniqlab davolash lozim.

Nimaga e`tibor beramiz? Umumiy ahvolga albatta! Tomirlar bilan bog`liq muammolar organizmdagi o`zgarishlardan darak berayotganini ta`kidlab, ularni aniqlash va davolash kerakligini uqtiring.

TAShXIS: OSTEOXONDROZ

Belgilari: beldagi og`riq. Shifokor qo`yayotgan tashxis – osteoxondroz.

Yana nima bo`lishi mumkin? O`pka, yurak, buyrak, oshqozon-ichak kasalliklari. Xato sababi: osteoxondroz bir qator kasalliklarda kuzatiladigan belgilar bilan xos bo`lishi mumkin. Masalaga oydinlik kiritish uchun MRT tekshiruvdan o`tish kifoya. Ba`zan vaqtni qizg`anib, shifokorlar qo`shimcha tekshiruv yordamidan foydalanmaydilar. Aslida esa og`riq umurtqaga bog`liq bo`lmagan bir qator kasallalarning belgisi bo`lishi ham mumkin.

Nimaga e`tibor berish kerak? Og`riq shifokor buyurgan davodan keyin o`tib ketmayotgan bo`lsa, qo`shimcha tekshirish usullarni qo`llashni so`rang.

Barno HOJIMIRZAEVA yozib oldi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: