Shimoliy Muz Okeanida NUJlar Bilan Bog’liq Hodisalar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Shimoliy Muz Okeanida NUJlar Bilan Bog’liq Hodisalar
- Дата релиза: 13-11-14, 19:05
“Tasavvur qilasanmi, navbatchilikda turganimda men NUJni ko‘rdim, lekin menga esa hech kim ishonmaydi, -jig‘ibiyron bo‘lardi “Rossiya” suv osti kemasi matrosi Glebov kashandalar davrasida o‘tirarkan. Umuman olganda, bu yerda ushbu mavzuda valaqlash rusum emas, seni jinniga chiqarib qo‘yishadi. Ammo men uni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim-ku, axir, yanglishishim mumkin emasdi!”
Arktika-jumboqli hudud. U yerda boshqa biror joyda ko‘rmagan g‘ayritabiiy manzaralarning guvohi bo‘lasan, deyishadi. “AiF” muxbiri bu haqiqatan ham shundaymi ekanligini aniqlash maqsadida Rosatomflotga qarashli “Rossiya” suv osti kemasida kuzatuv ishlari olib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, haqiqatan ham shunday ekan-u, lekin qutb “ajoyibotlari”ning hammasini ham fan to‘lig‘icha izohlab bera olmaskan.
To‘nkalar va egri-bugri chiziqlar
Shimoliy kengliklarga tomon yo‘l olayotgan sarguzasht ishqibozi, eng avvalo, uni Arktikada kutayotgan ajoyibot, bu shimol shafag‘i, deb o‘ylaydi. Albatta, bu manzara kishini o‘ziga maftun qiladi. Ammo u yagona emas. Hali tajribasi yo‘q odam ufq ustida osti-ustiga bo‘lib qolgan kemaning suzib borayotganini ko‘rish nasib etsa hayratga tushishi aniq. Yoki okean ustida muallaq turgan uzoqdagi orollar. Bular shunchaki ustki saroblar deb ataluvchilar: havo zichligining baland-lik bilan ravon emas, balki sakragannamo tarzda o‘rin almashishi tufayli yorug‘lik shu’lasi atmosferada ushaladi. Oqibatda biz ufqdan juda uzoqda turgan ob’ektni aslida emas, balki buzuq tarzda, ya’ni to‘nkarilgan, yiriklashtirilgan va boshqa holatlarda ko‘ramiz. Yorug‘likning xuddi ana shunday sinishi oqibatida osmonda bir emas, ikkita quyoshning “paydo” bo‘lishi kuzatiladi.
Yana kamdan-kam uchraydigan optik holatlardan biri haqida. Quyosh atrofini nur sochayotgan halqa o‘rab oladi. Yoki abadiy yoritqichdan ustunga o‘xshagan yorug‘lik chizig‘i pastga qarab cho‘ziladi. Bunday holatning sababi havoning muz kristallari bilan to‘lib qolganida.
Nur u orqali o‘tayotganida sinadi.
“Saroblarni biz tez-tez ko‘rib turamiz, -deydi “Lenin” muzyorar kemasi kapitani Aleksandr Barinov. -Dastlab larzaga soluvchi yana bir manzara haqida aytsam, bu-tepasida inshootlar o‘rnashgan muz ustunlaridir.Tasavvur qiling: suzib borayotgan muzlik ustida esa uychalar. Faqat ular bevosita muz ustida emas, bir necha metr balandlikdagi ustunlarda turishibdi. -Tavba, ularni kim va nima uchun u yerga qo‘ydi, deya xayolga botasan, kishi.
-Gap esa mana bu yoqda. Qachonlardir qutbshunoslar muz ustiga qo‘nishgan va ko‘chib ketishgach, uylari qolib ketgan. Muzlik har yili 30 santi- metrgacha eriydi. Eriganda ham tepasidan boshlab eriydi. Ammo, quyosh nuri tushmagani bois, uy ostidagi muz erimaydi. Ko‘ribsizki, oqi-batda muz to‘nkalar hosil bo‘libdi, ular esa yil o‘tgan sayin uychalarni yuqoriga ko‘tarishaveradi”.
NUJlar uchun muz O‘yig’i
-NUJlar uchun deysizmi? Nahotki! -so‘raydi muxbir.
“Ha,-deydi muxbir savoliga ishtiyoq bilan javob berar ekan Aleksandr Barinov. -Ko‘rishga to‘g‘ri kelgandi. Bir mahal Karsk Darvozasi bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgandik-kutilmaganda osmon binafsha tusga kirdi, hammasi jimir-jimir etardi. Huddi mushakbozlikka o‘xshaydi. Yirik shaharlargacha masofa hali uzoq edi, qanday mushakbozlik, qayerdan paydo bo‘ldi u? Butun komanda karaxt bo‘lib qoldi: NUJlar! Murmanskka kelib surishtirsak, yaqinda Plesetsk kosmodromidan raketa uchirishgan ekan. Chamasi, bu undan ajralgan qism edi”.
Ikki yil muqaddam shimoliy Norvegiya aholisi osmondagi nur taratayotgan allaqanday ob’ektni ko‘rishdi: Spiraldek buralgan bulut yuqoriga intilardi. Uning uchida esa yana bitta oppoq spiral aylanardi. Ob’ekt yam-yashil o‘zakli ulkan sharga aylangunicha kattalashaverdi. Hodisani yuzlab odam kuzatdi. Keyinchalik u “Norveg spiral anomaliyasi” nomini oldi. U haqda turlicha fikrlar bildirildi. Yerga o‘zga sayyoraliklar kelishdi ham deyildi. Oradan ko‘p o‘tmay Rossiya Mudofaa vazirligi Oq dengizida “Bulava” raketasi uchirilgani, ammo uchinchi bosqichda texnik nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar tarqatadi.
Aytishlaricha, harbiy dengizchilar shimoliy kengliklarda NUJlarni ko‘p martalab kuzatishgan. Mashhur ufolog Vladimir Ajaja shu mavzuga doir o‘nlab ma’lumotlarni va maxfiylashtirilgan hujjatlarni to‘pladi. Matros Dmitriy Glebov esa shunday hikoya qiladi: “Voqea bundan 3 yil burun bo‘lgandi, o‘shanda men “Yamal” muzyorar kemasida ishlardim. Biz musaffo suvda suzib borardik. Kechasi edi. Kema rulini boshqarib borardim. Kutilmaganda, yo‘nalishimizning o‘ng tarafida, taxminan 30 gradus narida men osilib turgan yarqiroq ob’ektni ko‘rib qoldim. Rubkada bir o‘zim edim. Shturvalni keskin burdim va kemani to‘ppa-to‘g‘ri uning ustiga haydadim. Ob’ekt yana biroz osilib turdi va ostidan yorug‘lik shu’lasini chiqargancha ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi”.
Glebov NUJ qanday ko‘rinishda ekanligini chizib ko‘rsatdi. Mumtoz “likopcha”ga o‘xshaydi-yu, lekin undan qalinroq. Bundan tashqari, matros ba’zan Arktika muzliklarida diametri 15-20 metrli o‘yiqlarni uchratish va vaqirlashga o‘xshagan tovushlarni eshitish mumkin, deydi. Dengizchilar hatto unga “kvakushka”, “kvakerlar”-”vaqqilloqlar”-degan nom ham berishgan. Ma’lumki, Shimoliy Muz okeanida qurbaqalar umuman yo‘q. Tyulenlar yoki oq ayiqlar butunlay boshqacha tovush chiqarishadi. Nima bo‘lganda ham, bosh qotiradigan narsalar ko‘p. Shunday emasmi?

Смс Шерлар