Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Sinuvchan, Notekis va qoraygan tirnoqlar. 6 savolga javob
Sinuvchan, Notekis va qoraygan tirnoqlar. 6 savolga javob

Sinuvchan, Notekis va qoraygan tirnoqlar. 6 savolga javob

Sinuvchan, Notekis va qoraygan tirnoqlar. 6 savolga javob
Tashqi ko`rinishimizning go`zalligiichki a`zolar ishiga bog`liqligi hech kimga sir emas. Organizmdagi nojo`ya o`zgarishlar haqida tirnoqlarning ahvoli ham darak beradi. Ular sinuvchan bo`lib qoldimi, demak darmondorilar etishmayapti. Sarg`ayishi esa ichki a`zolar betobligini bildiradi. Har holda bu borada tajribali mutaxassisning maslahatiga tayangan yaxshi. Tirnoq haqidagi savollarga kosmetolog, manikyur ustasi Evgeniya ROMANENKO javob beradi.

«SARG`AYIShINING BOISI NIMA?»

–Yaqin kunlardan beri tirnoqlarim yuzasi sarg`ayganini sezayapman. Bu xavfli emasmi?

Nodira, Toshkent viloyati

–Kalsiy va D vitamini etishmaganda, o`pka, buyrak va jigar og`riganda, zamburug`li kasalliklar mavjud bo`lganida tirnoq sarg`ayadi. Agar achchiq choy, qahva va gazli ichimliklarni xush ko`rsangiz, yaqin paytda kuchli antibiotik qabul qilingan bo`lsa ham tirnoqlar yuzasi sarg`ayib ketadi. Yana quyosh ostida uzoq yurganda ham tirnoq rangining o`zgarishi kuzatilishi mumkin. Uyda o`z bilganicha manikyur qilgan xonimlarni ham ushbu muammo chetlab o`tmaydi. Gap shundaki, tirnoqqqa hadeb rangdor bo`yoqlar surtish yaramaydi. 1-2 hafta tirnoqlarni davolovchi maxsus asosdan foydalanish lozim. Agar tirnoq sarg`ayishi ikki oy mobaynida kuzatilsa, qonning umumiy tahlilini topshirish, endokrinolog ko`rigidan, har ehtimolga qarshi flyurografiyadan ham o`tish tavsiya etiladi. Tirnoq sarg`ayishida tuzli suvga bir chimdim iste`mol sodasini qo`shib vanna qabul qilinadi. Tirnoq yuzasini limon shirasida artish ham yaxshi natija beradi.

«TUZLI SUV VA YOD YoRDAM BERADIMI?»

–Menda ikkita muammo bor. Tirnoqlarimning yuzasi sariq va tez sinadi. Bularni bartaraf etishda tuzli suv va yodga ishonsam bo`ladimi?

Adiba, Farg`ona viloyati

–Shubhasiz. Ayniqsa, sarg`ayishda tirnoq zamburug`i aybdor bo`lsa, bu muolajani bir oy davomida bajaring. Agar oddiy osh tuzi o`rniga dengiz tuzini ishlatsangiz, suvga 2-3 tomchi yod va zaytun moyi tomizib, qo`llarni bug`lang. Tirnoqlaringiz bir haftadayoq o`z holiga keladi.

«KUTIKULA O`SMASLIGI UChUN NIMA QILISh KERAK?»

–Manikyur saloniga borganimda tirnoq atrofidagi teri – kutikulani tez-tez kesib turish kerak deyishdi. Ana shu kutikula o`sib ketmasligining biron chorasi bormi?

Shodiya, Toshkent shahri

–Kutikulaning o`smasligi uchun asalari mumidan foydalanish mumkin. Bu vosita tirnoqni kuchaytiradi. Buning uchun ozroq asalari mumini suv bug`ida eritib, 3-4 tomchi shaftoli yoki kanakunjut moyidan qo`shiladi. Ushbu aralashmani har 2-3 kunda tirnoq atrofi va tirnoqning o`ziga yaxshilab surtib, uqalanadi. Muolajani muntazam bajarsangiz, kutikulani manikyur paytida chetga surtish ancha oson kechib, vaqt sayin u o`smay qo`yadi.

«SUN`IYLARI ZARAR?!»

–Homiladorman. Tirnoqlarim sinuvchan bo`lgani uchun, hadeb parvarish qilish jonimga tekkanidan sun`iy akril tirnoq qo`ymoqchiydim. Uning zarari yo`qmi? Bir dugonam akril tirnoqni echganidan keyin o`zining tirnoqlari mo`rtlashib qolganini aytgandi.

Zamira. Farg`ona shahri

–Homilador ayollarga akril tirnoqlar to`g`ri kelmaydi. Gormonal dori, antibiotik qabul qilayotgan, qandli diabet, oshqozon og`riganda, tirnoqlarning zamburug` kasalida ham mumkin emas. Chunki bu davrda organizm bunday notabiiy narsalarni o`zidan itaradi. Va siz har hafta akril tirnoqni qaytadan yopishtirishingizga to`g`ri keladi. Akril qoplamadan keyin uning ostidagi tirnoqlar haqiqatan juda yupqa, sinuvchan holatga keladi. Ularni qayta kuchaytirish uchun kamida ikki hafta tirnoqqqa limon-yodli aralashmadan tashqari hech narsa surtmaslik, idishni qo`lga maxsus qo`lqop taqib yuvish kerak.

«QORAYIB KETYaPTI-Yu...»

–Qo`limdagi tirnoqlarim milki (asosida) qorayishni boshlagan. Hech qanday jarohat olmaganman, dermatolog zamburug`li kasallik emas, dedi. Bu nimaning belgisi bo`lishi mumkin?

Sayyora, Namangan viloyati

–Maslahatim, endokrinolog ko`rigidan o`tib, qondagi gormonlar darajasini tekshirtiring. Mazkur holat qandli dabet belgisi bo`lishi mumkin.

«YuZASI BO`LINIB QOLGANDEK»

–Yaqin paytlardan beri tirnoqlarim usti bo`linib ketgandek, qavat-qavat holatga kelgan. Nima qilish mumkin?

Shahnoza, Qo`qon shahri

–Bu buqoq kasali uchun xos belgi. Tezroq shifokor-endokrinologga uchrang. Yana teri zamburug` kasalligida ham shu holat kuzatiladi. Tibbiy ko`rikdan o`ting, uyda ko`proq tvorog eng, nahorga baliq moyini qabul qiling.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: