Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​SIZ YaXShI ONASIZ! MANA BUNING 10 ISBOTI...
​SIZ YaXShI ONASIZ! MANA BUNING 10 ISBOTI...

​SIZ YaXShI ONASIZ! MANA BUNING 10 ISBOTI...

​SIZ YaXShI ONASIZ! MANA BUNING 10 ISBOTI...
1. Hayotingizdan ma`no qidirmaysiz, chunki bu ma`no qo`chog`ingizda yotibdi, yoki atrofingizda aylanmoqda, yoki “oyi”, deya sizni chorlamoqda. Boshingiz aylanib ketdimi? Baxtdan ham odamning boshi aylanadi, bilsangiz.

2. Oilada endi kim bosh ekanligi sizga va eringizga ham ma`lum. Kuningizni jajji “rahbaringiz”ning kun tartibiga ko`ra rejalashtirasiz. Bunga esa hech kim qarshilik bildirmaydi!

3. har qanday ko`rinishda, semiz yoki oriq bo`lsangiz ham shirintoyingiz uchun dunyodagi eng go`zal ONAsiz.

4. Shirintoyingiz uxladi, endi siz erkin qushsiz. Istasangiz ovqat pishirasiz, istasangiz kir yuvasiz va hatto uy yig`ishtirishingiz mumkin. Bu ishlar sizga xuddi maroqli hordiqdek tuyuladi.

5. ha, aytgancha, hamma yotgan holda uxlasa, siz tik turgan holda ham uxlay olasiz. Shuningdek, siz 5-10 soniyada ovqat eyishga ham ulgurasiz.

6. Sizni olamning global muammolari emas, “osmonning qaerda tugashi” va “quyoshning nima uchun botishi”, “turmush o`rtog`ingiz bilan to`yingizda shirintoyingiz qaerda bo`lganligi” va “bolalar qaerdan tug`ilishi” haqida savollar ko`proq qiziqtiradi.

7. Ishlaysizmi, degan savolga: — ha, har kuni, kuniga 24 soat davomida: enaga, oshpaz, farrosh, o`qituvchi, murabbiy, shifokor, quruvchi, qo`riqlovchi, suratkash, raqs tushuvchi bo`lib ishlayman. Ishimni sevaman, shuning uchun mehnat ta`tili olmayman. Oylik maoshim hammanikidan ko`p – sevgi to`la o`pichlar va mehr to`la jajji qo`llar! Axir men ONAman, deya olasiz!

8. Do`konlarga kirish bo`yicha alohida qoidalaringiz mavjud. Asosiysi, har gal shu va`daga aldanishingizga qaramay, bolangizdan 2-3 marotaba: hech narsa so`ramayman, deyishini talab qilasiz. Do`kondan bola o`yinchoq, siz esa jahl bilan chiqasiz-u, doimgidek: “Ikkinchi marta seni biror joyga olib bormayman!” deya o`zingizga va`da berasiz.

9. Bolalar kasalliklari bo`yicha ilmiy ish yozishingiz mumkin. Bu ilmiy ish “Bolaning bemorligini ko`zidan bilish mumkin”, degan yozuvlar bilan boshlansa, ajab emas.

10. Har qancha charchagan bo`lsangiz-da, tunni uyqusiz, kunduzni yuz marotaba takrorlangan bir savolga javob berib o`tkazangiz ham, dilbandingizning “oyijon”, degan yig`isi sizni o`rningizdan sapchitishga qodir.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: