Sizga hordiq qanchalar zarurligini o`zingiz aniqlang?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Sizga hordiq qanchalar zarurligini o`zingiz aniqlang?
- Дата релиза: 16-05-17, 21:38
Odam temir mashina emas, u dam olishi shart. Tinimsiz mehnat qilish yaxshi, ammo ishning barakasi insonning jismoniy va ruhiy holatiga bevosita bog`liq. Buni inkor etolmaymiz! Axir “Yaxshi dam, mehnatga hamdam” degan gap bejiz aytilmagan-ku... So`nggi marta mehnat ta`tiliga qachon chiqqani ham yodidan ko`tarilib ketgan, kechasi uyqusining tayini yo`q tirishqoq dugonalar, quyidagi savollarga javob berib, natijalar bilan tanishing....
Savollar
1. Kun o`rtasida charchoqni his qilish holati tez-tez takrorlanib turadimi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
2. Tunda uxlashga qiynalasizmi, aniqrog`i uyqusizlikdan aziyat chekasizmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
3. Tun davomida besabab bir necha marta uyg`onib ketasizmi? Kechasi bilan xayolan ishdagi muammolarni hal qilib chiqasizmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
4. Turmushingiz bir zaylda kechayaptiyu, bu holatni o`zgartirish istagida yuribsizmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
5. Ishdan uyga qaytdingiz, deylik. O`z kuchingizni sarhisob qilib ko`ring. Mayli “tog`ni talqon qiladigan” darajada bo`lmasa-da, “ertangi kunga etadigan quvvatim bor” deya olasizmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
6. So`nggi kunlarda rejalashtirgan barcha ishlaringizni bajarishga ulguryapsizmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
7. Bir qarashda arzimasdek tuyulgan mayda va kichik muammolar jig`ingizga tegib, asabiylashishingizga sabab bo`layaptimi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
8. 8 soat uxlagan bo`lsangiz ham, erta tongda ko`zingizni ochishingiz bilan o`zingizni charchagandek his qilasizmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
9. O`ylanib ko`ring: ishingiz, o`zingiz va atrofingizdagilar uchun muhim sanalgan ayrim narsalarni unuta boshladingizmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
10. Shaxsiy hayotingiz, qiziqishlaringiz, xohish-istaklaringiz uchun vaqt ajratish imkoni sizda bormi? Oilangiz va yaiqnlaringiza berayotgan e`tiboringizdan ko`nglingiz to`qmi?
• a) Ha;
• b) Yo`q.
Test qo`llanmasi
Belgilagan javoblaringizga qarab, ballaringizni hisoblab chiqing.
1. a — 1 b — 0
2. a — 1 b — 0
3. a — 1 b — 0
4. a — 1 b — 0
5. a — 0 b — 1
6. a — 0 b — 1
7. a — 1 b — 0
8. a — 1 b — 0
9. a — 1 b — 0
10. a — 0 b — 1
Test natijasi
0-4 ball. Ayni vaqtda kuch-quvvatingiz etarli, mehnat ta`tiliga chiqishingiz shart emas. Biroq bu salomatligingiz haqida qayg`urmaslik uchun asos bo`la olmaydi. Tinim bilmay ishlash oxir-oqibat sog`lig`imizga salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Maslahatimiz, haftaning dam olish kunlarini ish haqida o`ylamay o`tkazing va 8 soatdan kam bo`lmagan uyquni kanda qilmaslikka intiling!
5– 10 ball. Siz zudlik bilan dam olishingiz shart! hoziroq mehnat ta`tiliga chiqish uchun ariza yozing! Kundalik turmush tarzini o`zgartirish ham juda muhim. Yashash tarzingizni o`zgartiring, buning uchun esa maxsus dam olish maskaniga borishingizni maslahat beramiz. Hordiq chiqarish bilan birga sog`liqni tiklovchi muolajalar ham qabul qilish sizga zarar qilmaydi. Juda bo`lmaganda tabiat qo`ynida toza havoda sayr qiling!
DILNOZA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар