Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Sizga qaror qabul qilishda yordam beradigan oddiy taktika
Sizga qaror qabul qilishda yordam beradigan oddiy taktika

Sizga qaror qabul qilishda yordam beradigan oddiy taktika

Sizga qaror qabul qilishda yordam beradigan oddiy taktika
Ko‘pchiligimizga biron bir ishni bajarish uchun qaror qabul qilishda motivatsiya yetishmaydi. Uning zarurligini belgilash va to‘g‘ri qaror qabul qilishga oddiy shkala yordam beradi.

Nima uchun biz qaror qabul qila olmaymiz?

Uzoq vaqtlar davomida bizda iroda kuchi tamom bo‘lishi mumkin bo‘lgan, cheklangan resurs deb hisoblangan. Lekin yaqinda, bunday noto‘g‘ri fikrlaydigan odamlarning o‘z-o‘zini nazorat qilishi pasayishga moyil ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular o‘zlarining zaifligi, muvaffaqiyatsizliklari va qurquvlarini iroda zaxirasining tugab qolishi bilan oqlaydi.

Agar siz qaror qabul qila olmasangiz yoki biron bir ishga jur’at qilolmasangiz, bu sizdagi iroda kuchining tugaganini emas, balki motivatsiya yetishmasligini bildiradi.

Qanday qilib har qanday qarorni qabul qilishga o‘rganish mumkin?

Sizga qiyin holatdan chiqishga yordam beradigan samarali usul bor. Uni Strategic Coach trening kompaniyasining asoschisi Den Sallivan taqdim qilgan.

U yangi imkoniyatlarni besh belgisi bo‘yicha shkala bo‘ylab –1 dan +5 gacha baholashni taklif qiladi. Shkalada manfiy son borligidan hayron bo‘lmang. Chunki ba’zi imkoniyatlar hayotingizni yomonlashtirishi va sizni asosiy maqsaddan chalg‘itishi mumkin.

Agar siz bir bandda keltirilgan hamma savollarga ijobiy javob bersangiz, u bo‘yicha yangi imkoniyat +5 ball oladi, agar salbiy bo‘lsa, unda –1.

Biron bir ishni bajarishga qanday qaror qabul qilish kerakligini quyidagi belgilar bo‘yicha baholashingiz mumkin.

Qobiliyat. Bu imkoniyat tufayli siz o‘zingizdagi noyob iste’dodni ko‘rsatish imkoniga egamisiz? Buning uchun sizning malakangiz va kuchli tomonlaringiz ish beradimi?
Mukofot. Bu imkoniyat sizga biron bir ahamiyatli narsa olib keladimi? Natijada siz oladigan narsa haqiqatan ham zarur va muhimmi?
Kamolga erishish. Bu imkoniyat o‘sishga, biron bir yangilikni o‘rganishga va oldinga harakat qilishga yordam beradimi?
Minnatdorchilik. Bu imkoniyat boshqalarga yordam berishga imkon beradimi?
Ketma-ketlik. Bu imkoniyat oxirgi band bo‘lib hisoblanadimi? Yoki u uzoq muddatli loyihada sizga foyda keltirishi va yangi imkoniyat eshiklarini ochishi mumkinmi?
Endi hosil bo‘lgan ballarni qo‘shing. Agar yig‘indi 15 yoki undan yuqori bo‘lsa, bu ish bajarishga loyiq.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: