Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?

Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?

Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?
Har bir kollektivda sizga yoqmaydigan yoki siz hech til topisha olmaydigan odam bo‘ladi. Ba’zan jig‘ingizga tekkan paytlarda qanday qilib bo‘lmasin undan tezroq qutulish yo‘llarini izlaysiz. Lekin ko‘pchilik ishlovchilarning tajribasiga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan bu muammoni yechish yo‘li yoki uni qayta tarbiyalash, yoki butunlay ahamiyat bermaslik ekanligini tushuna boshlaysiz.

Bunday vaziyatda eng asosiysi sizga o‘z hissiyotlaringizni boshqarishda yordam beruvchi bir necha qoidalarni bilishdir.

Birinchidan, siz o‘zingizni qo‘lga olishni o‘rganishingiz kerak. O‘zingizga bu odam siz uchun — hech nima ekanligi va unga o‘z hissiyotlaringizni sarflashga sizda xohish ham, vaqt ham yo‘qligi haqida ko‘rsatma bering. Buni iloji boricha ichingizda ko‘proq takrorlang va tez vaqt ichida natijasini ko‘rasiz.

Agar bu sizga yetarli bo‘lib ko‘rinmasa, unda albatta bir kunda bir necha daqiqa relaksatsiya yoki meditatsiya uchun vaqt ajrating, u sizni bo‘shashtirishga yordam beradi va siz o‘z hissiyotlaringizni boshqarishni o‘rganasiz.

Ikkinchidan, siz undan ko‘ra ancha balandroqda turishingiz kerak, shuning uchun nima bo‘lganda ham hamkasbingizga bo‘lgan salbiy hissiyotlaringizni hech qachon bildirmang. Va uni yoqtirmasligingiz haqida hech qachon boshqa hamkasblaringizga aytmang, chunki natija har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi.

Uchinchidan esa, eng asosiy qoida, bir–biringizni yaqinroqdan bilishga harakat qiling. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, bu boshqa odamga bo‘lgan yoqtirmaslikka biz o‘zimiz o‘zimizni ishontiramiz, aslini olganda esa buni yaqindan his qilmaymiz va vaqt o‘tishi bilan u bizga ko‘ringanidek juda yomon emasligini tushunamiz.

Oldingizda turgan ikki yo‘ldan birini tanlang — yoki siz yaxshi do‘stlarga aylanasiz, yoki siz bu odamga e’tibor bermay qo‘yasiz.

Va eng asosiysi, shuni esda tutingki, boshqalar oldida hech qachon o‘z haqiqiy hissiyotlaringizni ko‘rsatmang, ba’zi holatlarda bu sizga juda qo‘l keladi.

Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: