Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » SO`QQABOSh ERKAKLAR NEGA UYLANMAYaPTI?
SO`QQABOSh ERKAKLAR NEGA UYLANMAYaPTI?

SO`QQABOSh ERKAKLAR NEGA UYLANMAYaPTI?

SO`QQABOSh ERKAKLAR NEGA UYLANMAYaPTI?
Oxirgi paytlarda tahririyatga bir xil mazmundagi qo`ng`iroqlar ko`p bo`ldi. Murojaat egalari — o`g`linining boshini ikki qila olmayotgan onalar. Birining turmushi bo`lmagan, birining ayoli bevaqt vafot etgan, yana boshqasi esa ko`nglidagini topolmaganidanmi, yoshi qirqqa qarab ketsa ham, olaxurjinni elkasiga osmagan... Shunday erkaklar muammosining sabablarini o`rganish uchun ruhshunos Barno ILHOMOVAga yuzlandik.

1-sabab: ona-o`g`il munosabatlaridagi xatoliklar

Turmush, bu — musht. Er-xotin o`rtasida har kuni tushunmovchiliklar, tortishuvlar bo`lib turadi. Xo`sh, onalar bunday vaziyatlarda o`g`illariga (u uylanish yoshida bo`lish-bo`lmasligidan qat`i nazar) qanday ta`sir o`tkazishayapti? Bolaning oldida janjalni davom ettiraverasizmi? Yoki jafokash ketgach, alamingizni farzandlarga to`kib solasizmi? Eringizdan nolib, o`g`il-qizingiz ko`z oldida yig`laysizmi? Agar shu uch savolning biriga bo`lsa-da, «Ha, shunday bo`lib turadi», deya javob bersangiz, demak, er-xotin va ota-ona-bola munosabatlari o`rtasida chegara o`rnata olmabsiz. Mana shu chegara yo`q ekan, farzandlaringizni oilaviy hayotga munosib tayyorlay olmaysiz. Ularning ongiga oilada shunday kelishmovchiliklar bo`lib turadi, degan fikr emas, oila — janjalning makoni degan xulosa o`rnashib qoladi.

Chora: kelajakda farzandlaringiz oilasida muammo bo`lishini istamasangiz, ko`z ochib-ko`rgani bilan tinib-tinchib ketishini xohlasangiz, (bu aslida har bir onaning niyati), eringiz bilan salbiy munosabatlaringizni ularga oshkor qilmang. Turmush o`rtog`ingizdan yozg`irib, bolalarning miyasini zaharlamang. Eringiz xiyonat qilgan yoyinki siz bilan ajrashgan taqdirda ham, bolalaringizning otasiligicha qoladi. Ota-bola o`rtasidagi rishtani hech qachon hech qanaqasiga uzolmaysiz.

2-sabab: to`ydan oldin nog`ora chalish

Afsuski, uylanish yoshiga etgan o`g`li onasiga bayramda sovg`a berganida yo biror topshirig`ini «labbay» deya bajarganida, negadir uni maqtab qo`yish o`rniga ogohlantiradigan ayollarning piching qilishlari ham quloqqa chalinib turadi: «Ertaga uylangach, o`zgarib qolmasang bo`ldi!» Yoki allaqachon katta bo`lgan bolasi bilan tortishib qolganida, «Uylanmasingdan shunaqasan, xotin olgach, umuman meni mensimay ketsang kerak», deya tanbeh beradiganlar ham yo`q emas. Bu gap-so`zlar yigit kishining ong ostiga mahkam o`rnashib oladi-da, qo`rquvga aylanadi.

Chora: baraka topgur onalar, gap-so`zingizga razm solsak, aslida o`zingizning bolangizga bergan tarbiyangizdan ko`nglingiz to`qmasligi oydinlashadi. Siz o`g`lingizni etarli darajada mehrli, oqibatli qilib tarbiyalamabsizki, bo`lajak kelin o`ziga og`dirib olishidan qo`rqayapsiz. Mana shu bo`lmag`ur hadikni yigit kishining ko`ngliga ko`chirmang. Oila qurgach, u sizning fikrlaringiz isbotini qidiradi. «Ayol kishi yomon bo`ladi, u erkakni qo`lga olishni istaydi», deb qo`rqqan oldin musht ko`tar qabilida ish tutishi mumkin. Yoxud taqdir bo`lib, peshanasiga noboproq ayol bitilgan bo`lsa, qarashlari isbotini topadi-yu, ikkinchi marta uylanishni istamay qoladi. Shuning uchun tilga mahkam bo`ling!

Foto:

3-sabab: psixologik jarohat

Єayta uylanishni istamayotgan erkakning eng katta muammosi uning qaysidir voqeadan qattiq singanidir. Bunga ko`p hollarda ayolning juftiga qilgan xiyonati sabab bo`ladi. Xullas, qandaydir katta-kichik sabablar bilan oila darz ketdi. Erkak endi «Ayol — haqiqiy dushman bo`larkan» degan qarorga keladi. Va ko`ziga hamma ayollar shunday ko`rinadi. Yoki rafiqasining vafotidan tushkunlikka tushib qoladi.

Chora: erkaklarga hayotning sinovlari, qiyinchiliklari bizni yiqitish uchunmas, aksincha o`rnimizdan turib, tiklanib olishimiz uchun berilishini tushuntirishimiz kerak. Umuman olganda, bolalikdan shuurlariga singdirishimiz lozim. Madomiki, o`g`lingiz, ukangiz yoki akangiz o`zini o`nglab ololmayotgan ekan, u bilan, albatta, mutaxassis ishlashi lozim. Chunki erkaklarda bu jarayon qiyin kechadi va ular bo`lib o`tgan voqealarni tez unutib ketishga qodir emaslar. Inson peshanasiga yozilganini ko`radi, taqdirni norozilik bilanmas, kurashlar bilan o`zgartirish kerakligini ham uqtirish lozim.

4-sabab: bolalarni o`gay onadan asrash

Xotini bilan ajrashgan yoki rafiqasi vafot etgach, bolalarini begona ayolga ishonmayotgan erkaklar ham uchrab turadi. Bir tomondan, er kishi o`z ehtiyojlaridan ham farzandlarining ruhiy holatini ustun qo`yishi quvonarli. Ammo muammo shundaki, ota onaning o`rnini bosa olmaydi. Har bir bola to`laqonli oilada voyaga etishga haqli. Yana bolalar ulg`aygani sari nega uni otasi yolg`iz katta qilayotganiga qiziqadi, bundan azoblanadi. Buning ustiga, esini tanib olgach, uning yangi onasi bilan munosabat o`rnatishi yanada qiyinlashadi.

Chora: bolalaringizga haddan ziyod qayg`urayotganingiz uchun ularni ona mehridan ayirayotganingizni tan olishga harakat qiling. Keyin barcha ayollar siz o`ylagandek bemehr, toshbag`ir emas. Erkak kishi begonaning bolasini bolam deyishi mushkuldir, ammo ona uchun bolaning begonasi yo`q. Єo`rqmang, yaxshilab so`rab-surishtirib, avvaldan munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yib, oila qursangiz, muammolar kelib chiqmaydi. Oilaning boshlig`i siz ekansiz, mas`uliyatni his qilarkansiz, ayol va bola o`rtasida ko`prik bo`la olasiz.

5-sabab: so`qqaboshlik — qulaylik

Ha, ayniqsa, bu qulaylikni onalar yaratib beradi. Kiyimlar yuvilgan, dazmollangan, issiq ovqat tayyor, bolalar bo`lsa, ular ham qanotingiz ostida, topgan pulini xotinidan ko`ra ming marta tejab ishlatayapsiz, unga maza, qulog`i tinch, erki qo`ladi, tergab turadigan, jig`iga tegadigan xotin yo`q. Bora-bora u bu qulay hayotga ko`nikib qoladi va uni o`zgartirib yuboradigan odam hayotiga kirib kelishini istamaydi.

Chora: barcha mas`uliyatni elkangizga ortib, kelinsiz hovlining bor yumushini qoyillatib bajarib yuraversangiz, o`g`lingizni qayta uylantirishingiz masalasi masalaligicha qolib ketishi mumkin. Ayol kishi bajarishi kerak bo`lgan vazifalarni uning ham gardaniga yuklang. Ovqat pishirsin, ko`ylak dazmollasin, bolasi kasal bo`lsa, o`zi qarasin. Balkim shunda har bir oila, har bir erkakka ayol kerakligini tushunib etar.

6-sabab: uylanishga majburlik majburiyati

O`g`lini uylantira olmayotgan onalarning tiliga «Єiynalib ketdim. Kelin kelsa, xotirjam bo`lardim» kabi jumlalar ko`chgan bo`lishi aniq. Bunday minnatlar, iltimoslar natijasi o`laroq erkak «O`zim oila qurishni istamayotgan bo`lsam, demak, ota-onamning rohati uchungina uylanishim kerak ekan-da», deb o`ylashi bilan oila qurish masalasidan, siz bilan suhbatlardan qocha boshlaydi.

Chora: gapirish bilan gapirishning farqi bor. Siz farzandingizga ota-ona uchunmas, o`zi uchun oila qurishi lozimligini tushuntiring. Oila g`avg`oning uyasi emasligi, ayol faqat kelin bo`lmasligi, oilali erkakning hayoti farovon, to`kis, ishlari besh bo`lishini yaxshi gap, yaxshi misollar bilan uqtiring. Agar u sizni tinglashni istamasa, ko`ngliga yaqin odamlar orqali qarashlarini o`zgartirishga urinib ko`ring.

7-sabab: baxtsiz turmushning zarbasi

Oilaning darz ketishiga faqat ayol yo faqat erkak aybdor bo`lmaydi. Avval ham ta`kidlaganimizdek, bunda ikki tomonning ham «hissa»si 50/50. Agar erkak 100 foiz o`z vazifalarini bajargan, ammo ayol oilani asray olmagan bo`lsa, u ikkinchi bor turmush qurishni paysalga solmasdi.

Chora: erkak kishining o`ziga bo`lgan ishonchini oshirish kerak. Buning uchun vaqt, lozim bo`lsa, mutaxassis ko`magi talab etiladi.

8-sabab: noma`lum muammolar

Xo`sh, sochiga oq oralagan, yoshi qirqqa qaragan yigitlar nega uylanish masalasida bir qarorga kela olishmaydi? Agar onalarni shu savol o`ylantirayotgan bo`lsa, demak, o`g`illari bilan samimiy munosabat o`rnata olishmagan. Uning dardi, muammosi nimadaligini bilishmaydi.

Chora: muammoning ildizini topib, uni hal qilishga ko`maklashish lozim. Aslo uylan deya majburlamang. 30 yoshdan oshgan erkak o`zi uchun o`zi qaror chiqara oladi.

9-sabab: «U o`poq, bu so`poq»

Ba`zi yigitlar kelinlikka nomzodlarni shunday elakdan o`tkazishadiki, hayron qolasan kishi. Bittasi ozg`in, yana biri to`lacha, yana qaysinisiningdir bo`yiga, kimningdir ishiga gap topib, to`yni orqaga surib yuraverishadi.

Chora: birinchidan, onalar bu borada ularga «o`rnak» ko`rsatmasliklari kerak. Sovchilikka yurib, kavushingiz yirtilsa ham, birovning bolasini kamsitmang. Zinhor-bazinhor o`g`lingizning yonida qiz/ayollarning kamchiliklarini sanamang. Agar allaqachon yigit qizlarga ko`zoynak ostidan qarayotgan bo`lsa, asl muddaosi nimaligini so`rang. Balkim, o`zining tanlagani bordirki, hamma nomzodlarning ustiga qora chiziq tortayotgandir.

10-sabab: sevganiga uylanmagani yoki uylana olmasligi

Insonning alamlari, armonlari hech qachon o`lmaydi. Ular vulqondek go`yo. Bir kun otilib ketishi hech gapmas. «Siz sevganim bilan turmush qurishimga qarshi bo`ldingiz, mana endi, uylanmayman», degan so`z o`g`lingizning tiliga ko`chmasa-da, ong ostida bo`ladi.

Chora: yigit kishining ko`ngliga quloq tuting, tanlovlarni o`zi amalga oshirishiga ishonch bildiring.

MUXLISA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: