Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » So‘lib qolgan gullarni qanday jonlantirish mumkin?
So‘lib qolgan gullarni qanday jonlantirish mumkin?

So‘lib qolgan gullarni qanday jonlantirish mumkin?

So‘lib qolgan gullarni qanday jonlantirish mumkin?
Gullar so‘lishining bitta oddiy sababi bor: ularga suv yetishmaydi. Guldastani bor-yo‘g‘i bir necha oddiy harakatlar bilan jonlantirish mumkin. Albatta, uni bir umr yangi holida saqlay olmaysiz, lekin har holda gullar umrini bir necha kunga uzaytirasiz.

Bandlarini kesing

Ko‘pincha muammo shunda bo‘ladiki, bandlarining pastki chekkalari quriydi va suvni o‘ziga boshqa singdirmay qo‘yadi. O‘tkir qaychi yoki pichoq oling va iloji boricha bandining katta qismi suv ichishi uchun uni qiyshiq qilib kesing. Suv ko‘proq borishi uchun bandi ustiga uzunasiga unchalik katta bo‘lmagan (2–4 sm) kertik qiling.

Gullarni iliq suv ichiga qo‘ying

Iliq suv bandlar bo‘ylab tezroq harakatlanadi va o‘simliklardan o‘tgan tomirlarni tozalaydi, shu tufayli gullarning suv ichishi oson bo‘ladi. Albatta, vaza ichiga qaynoq suv quyish kerak emas, suv iliq bo‘lishi uchun bir vaqtning o‘zida ham issiq va ham sovuq kranlarni oching.

Lolalar iliq suvni ko‘tara olmasligiga e’tibor qiling.

Kuting

Juda tez samara berishiga umid qilmang. Guldastangiz “tirilishi” uchun kamida bir necha soat vaqt talab qilinadi.

Amalni takrorlang

Gullarning bandini har ikki kunda bir santimetrdan kesib turing. Har kuni yoki hech bo‘lmasa kun ora vazadagi suvni almashtiring.

Agar sizning derazalaringiz quyosh tomonda joylashgan bo‘lsa guldastani deraza tokchasida qoldirmang: gullar issiqda tez so‘lib qoladi. Siz uyda bo‘lmagan paytlarda yaxshisi vazani qorong‘i va salqin joyga qo‘ying.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: