Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?
Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?

Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?

Soch to'kilishini qanday to'xtatish mumkin?
Sog'lom turmush tarzi va ovqatlanish ratsioni sog'likni va yoshlikni saqlovchi muhim omil hisoblanadi. Shunga qaramay, ko'pchilik mahsulotlarning tarkibiga emas, balki uning tashqi ko'rinishi va ishtaha ochar iforiga qarab tanlaydi. Bu esa organizmda vitamin va minerallarning kamayishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tanlayotganda uning tarkibidagi shifobaxsh vitamin va minerallarning miqdori hamda organizmga nechog'lik foydali ekanini hisobga olishni unutmang.
Xo'sh, qanday mahsulotlar darmondorilarga boy?
Masalan, sut va sut mahsulotlarida kalsiy moddasi juda ko'p.
Xrom esa bug'doy non, vino, ustritsa (esa bo'ladigan dengiz mollyuskasi) tarkibida mavjud.
Mis moddasi rezavor sabzavotlar, tuxum, tovuq go'shti, qo'ziqorin, loviya, bodom, pista va oshqovoq urug'ida yetarlicha bor.
Sarimsoq, xurmo va qora smorodina yodning koni sanaladi.
Ruxni taomlarga ishlatiladigan ko'katlar, tuxum sarig'i, dengiz mahsulotlari va baliq tarkibidan topish mumkin.
Go'sht, marjumak, tuxum, olma, dengiz karami, dukkakli o'simliklar va kakaoda temir moddasi mavjud.
Beta-karotin antioksidant sifatida bosh terisining salomatligiga javob beradi. Uni sabzi, karam, ismaloq, baliq va jigardan topasiz.
S, Ye vitaminlari va V guruhidagi vitaminlar (V3, V5, V6, B7, B12) bosh miyada qon aylanishini yashilaydi va teri salomatligini saqlaydi. Bu vitaminlarni dukkali mahsulotlar, poliz ekinlari, sabzavot va ko'katlardan istalgancha olish mumkin.
Bundan tashqari, foli kislotasi yordamida organizmdagi eski hujayralar o'rnini yangi hujayralar egallashi va to'kilgan soch o'rnidan yangi soch o'sib chiqishi mumkin. Shuning uchun siz tarkibida foli kislotasi serob bo'lgan meva va sabzavotlardan (ismaloq, sarsabil, salat bargi, sholg'om, lavlagi, apelsin, sarimsoq, bug'doy, soya doni, loviya, guruch, qovurilgan jigar, losos (go'shti qizil baliq) kabilarni ko'proq iste'mol qiling.
Foli kislotasiga boy meva va sabzavotlar nafaqat soch tolasini mustahkamlaydi, balki inson salomatligi uchun ham juda foydali. Agar siz bunday mahsulotlarni doimiy iste'mol qilsangiz, bir qancha kasalliklardan xalos bo'lasiz. Jumladan, u oshqozonda hazm jarayonini yaxshilaydi, diareya, uyqusizlik, tutqanoq, depressiya, tez achchiqlanish, ishtahaning yo'qolishi, og'izning achchiq bo'lib qolishi, allergik reaksiyalarning kuzatilishiga nuqta qo'yadi.
«Hordiq plyus» gazetasidan
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: