Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » SOCh TO`KILIShI HAQIDAGI 8 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ!
SOCh TO`KILIShI HAQIDAGI 8 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ!

SOCh TO`KILIShI HAQIDAGI 8 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ!

SOCh TO`KILIShI HAQIDAGI 8 AFSONAGA OYDINLIK KIRITAMIZ!
«Sochni tez-tez kestirib tursang, qalinroq o`sadi», «Fendan foydalanaversang kal bo`lib qolasan», «Qalinroq o`sishi uchun chakamurg` moyidan surtish kerak!» Soch to`kilishi haqida gap ochilgan har qanday davrada aytiladigan, hammamizga yot bo`lib ketgan jumlalar, to`g`rimi? Ular haqiqatga qanchalik yaqin? Yoki shunchaki aytilgan gaplarmi? Afsonalarga trixolog Sherzod MAHMUDOV bilan birgalikda oydinlik kiritamiz.

№1. Turmaklar soch to`kilishiga olib keladi?

Ha, sochni qattiq tortib o`rish yoki tasmaga yig`ish chindan ham soch to`kilishini jadallashtirishi mumkin. Ayniqsa, chakkadagi sochlar bundan ko`proq ziyon ko`radi. Biroq odatda bunday turmaklashni to`xtatganingiz zahoti soch to`kilishi ham yakun topadi.

№2. Tez-tez yuvish zarar

Yo`q. Boshni yuvganingizda bosh terisining faqatgina yuqori qavatidagi (o`z vazifasini o`tab bo`lgan) hujayralardan tozalagan bo`lasiz. Uning ilidizi esa ancha chuqurroq joylashgan. Boshni yuvganda to`kiladigan sochlarning ildizi esa allaqachon piyozchasidan ajralgan bo`ladi. Biroq shampunni noto`g`ri tanlash qazg`oq, sochning siyraklashishi, sinuvchan bo`lib qolishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shampunni bosh terisining turiga qarab xarid qilish lozim.

№3. Fen bilan quritish sochni to`kadi?!

Ha, issiqlik ta`sirida sochning tarkibiga ziyon etishi, u o`zgarishi bor gap. Bunda soch mo`rtlashadi va sekin-astalik bilan to`kila boshlaydi. Ustiga-ustak xo`l sochni tarash vaziyatni yanada og`irlashtiradi. Haddan tashqari issiq haroratni talab etadigan turmaklar esa bosh terisin kuydirib, soch follekulasiga ziyon etkazadi. Ko`p hollarda aynan shu tufayli ham soch to`kilishi bezovta qiladi. Bu o`rinda fendan emas, fenning issiq haroratidan ehtiyot bo`lishni tavsiya etish mumkin. Nafaqat fen, balki termobigudi yoki shunga o`xshash maxsus moslamalarda amalga oshiriladigan turmaklarning oqibati ham ayanchli yakun topishi mumkin. Bilamiz, ayollarga bunday turmaklarni taqiqlashning foydasi yo`q. Shuning uchun bigudilarning sochni avaylaydigan, egiluvchan turlariga ixtiyor berishni tavsiya qilamiz. Qolaversa, rastalarda issiqlik ta`siridan himoya qiluvchi spreylar ham bisyor.

№4. Sochni kuniga 100 marta tarash qon aylanishi yaxshilab, sochni mustahkam qiladi.

Afsuski, unday emas. Soch haddan tashqari ko`p taralganida yoki taroqning tishlari o`tkir bo`lganda bosh terisiga ziyon etishi mumkin. Qolaversa, bu ma`lumot ilmiy asosga ega emas. Agar qon aylanishini yaxshilayman, desangiz uqalash muolajasiga murojaat qilishingiz mumkin.

№5. Tez-tez kestirish, sochni qalin qiladi

Bu quruq safsata xolos. «O`zimda shunday bo`lgan, tajribadan o`tgan» deya e`tiroz bildirishga shoshilmang. Chunki sochning ildizga yaqin qismi tabiatan qalinroq bo`ladi, uchi esa ingichka. Shuning uchun ham sochni kesish uni qalinlashtirgandek aldamchi holatni yuzaga keltiradi.

6. Parhezlar soch to`kilishiga olib keladi

Ha, shunday bo`lishi ehtimoli mavjud. Bilamizki, sochning sog`lomligi ko`p jihatdan ildiz orqali etib kelayotgan ozuqaga bog`liq. Agar o`sha ozuqa qon orqali ildizlarga etib kelmasa, soch ildizi kuchsizlana boshlaydi va oxir oqibat to`kiladi.

№7. Stress soch to`kilishiga sabab bo`ladi

Chindan ham shunday. Chunki stress chog`ida qon tomirlari torayib, ildizlarga kislorod etib kelishi kamayadi. Biroq soch to`kilishi kundalik asabbuzarlikdan emas, inson ruhiyatiga qattiq ta`sir o`tkazuvchi kuchli stress oqibatida yuzaga keladi. Stress o`tib ketganidan keyin bari asl holiga qayta boshlaydi

№8. Chakamurg` moyi soch ildizini mustahkamlaydi

Aslida, bu moy hammaga ham to`g`ri kelavermaydi. Masalan, bosh terisi yog`li bo`lgan kishilarga chakamurg` yoki boshqa moylardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki yog` bezlari soch o`sib chiqish yo`lini to`sib qo`yishi mumkin. Turli moylar esa vaziyatni yanada og`irlashtiradi.

MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: