Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » SOChLAR PARVARIShI BORASIDA 5 MASLAHAT
SOChLAR PARVARIShI BORASIDA 5 MASLAHAT

SOChLAR PARVARIShI BORASIDA 5 MASLAHAT

SOChLAR PARVARIShI BORASIDA 5 MASLAHAT
Ob-havo ta`sirida sochlar tabiiy ko`rinishini yo`qotishi mumkin. Ayniqsa, bo`yalgan sochlar oson zararlanadi. Sizni cho`chitmoqchi emasmiz, shunchaki bo`yalgan sochlar parvarishi borasida bir qancha tavsiyalarni hukmingizga havola etmoqchimiz. Maslahatlarimiz sizga asqotishidan umidvormiz. Unutmang, sochlaringizning sog`lom va tabiiy ko`rinishi o`z qo`lingizda!

Sochni yuvish...

Bo`yoq ta`sirida sochlar quruqlashib, sinuvchan ko`rinishga keladi. Shu bois ularni har 3-4 kunda shampun bilan yuvishni maslahat beramiz. Ammo bu muolajani kunora bajarish tavsiya etilmaydi. Chunki shampundan ortiqcha foydalanish soch tolalarining himoya qobig`ini zararlashi mumkin. Bordiyu sochlaringiz juda ham quruqlashib, tarashga qiynalsangiz, turli giyoh damlamalari bilan parvarishlash mumkin.

Ipakdey mayin bo`lsin desangiz...

Bo`yalgan sochlar parvarishida eng ma`quli — oddiy tuxumdan tayyorlangan niqoblardir. Bunday niqobni tayyorlash uchun bor-yo`g`i ikki dona tuxum kerak bo`ladi. Tuxumlarni chaqib, atalang-da, ozgina qaynagan suv bilan aralashtiring. So`ng biroz namlangan sochlarga ildizidan boshlab uzunasigacha surting. 5-6 daqiqadan so`ng iliq suv va shampun bilan chayishingiz mumkin. Bunday muolajadan so`ng sochlar jonlanib, jilvalanadi.

Bu muhim!

Muntazam turli ranglarga bo`yash sochlar to`kilishiga olib keladi. Shu sababli haftada bir marta bo`lsa ham sochni mustahkamlovchi niqob tayyorlashga erinmang. Axir sochni bo`yash orqali sog`lomlashtirib bo`lmaydi-ku!

To`kilishga qarshi resept

Aloe, asal, sarimsoq piyoz... Mazkur uch mahsulotdan tayyorlangan niqob soch ildizini mustahkamlaydi. Niqobni tayyorlash uchun 1 osh qoshiqdan aloe sharbati va asal, 1 choy qoshiq sarimsoq piyozning suvi kerak bo`ladi. Uchala mahsulot sharbatini yaxshilab aralashtirib, namlangan sochga surting. So`ng sellofan bilan boshni o`rab, 20 daqiqaga qoldiring. Sochni chayishda iliq suv va atalangan 1 dona tuxum sarig`idan foydalanishingiz mumkin. Mazkur niqob soch ildizini mustahkamlab, to`kilishining oldini oladi.

Mustahkamlash uchun...

1 dona tuxum sarig`i va 1 osh qoshiq asalni aralashtirib, soch ildiziga surting. So`ng boshni avval sellofan paket, keyin sochiq bilan o`rang. 30 daqiqadan so`ng sochlaringizni iliq suvda yuving. Bunday niqobni haftasiga bir marta bo`lsa ham tayyorlasangiz, sochlaringiz xar qanday tajribalarga ham chidamli bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: