Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Sochlaringiz siyraklashib qoldimi? Muammoning xalqona choralari bor!
​Sochlaringiz siyraklashib qoldimi? Muammoning xalqona choralari bor!

​Sochlaringiz siyraklashib qoldimi? Muammoning xalqona choralari bor!

​Sochlaringiz siyraklashib qoldimi? Muammoning xalqona choralari bor!
Qalin va ipakdek sochlar kishiga o`zgacha chiroy baxsh etib turadi. Biroq stress, irsiyat, endokrin kasalliklar, ba`zi dorilarni qabul qilish kabi sabablar tufayli sochlar to`kilib, siyraklashadi. Bugungi zamonaviy texnologiyalar — lazer terapiyasi, mezoterapiya, plazmolifting, ozonterapiya, kauterizasiyalash, laminasiyalash bu muammoni engishga yordam bermoqda. Shuningdek, quyidagi xalqona usullar ham sizga yordam berishi aniq.

PIYoZ, ASAL VA ChAKAMUQ MOYI (REPEYNAYa MASLA)

Siyrak sochlarni qalinlashtirish uchun, avvalo ularni oziqlantirish lozim. Quyidagi niqob aynan mana shu maqsadda qo`llaniladi.

Tayyorlanishi:

Bitta tuxum sarig`i, bir choy qoshiq suyuq va biroz ilitilgan asal,1-2 osh qoshiq piyoz suvi, bir osh qoshiq o`simlik moyi (zaytun, chakamuq yokikanakunjut (kastorka) moylaridan biri) yaxshilabaralashtirib, ko`pirtiriladi. So`ngsuv bug`ida isitiladi. Tayyor bo`lgach bosh terisi va sochlarga surtiladi. Ustidan polietilen paket qo`yib, issiq ro`mol bilan o`rab olinadi.Shu holatda 1-2 soat ushlab turiladi va belgilangan vaqt o`tgach shampun yordamida yuvib tashlanadi.

OMMALAShGAN USUL

Asosan niqoblardan foydalanamiz. Masalan, piyozli aralashma. U soch ildizlarini mustahkamlaydi, qon aylanishini faollashtiradi va bosh qismida moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi.Niqobni tayyorlash juda oson. Buning uchun bitta piyozni qirg`ichdan o`tkazib, sochlarni yuvishdan bir soat oldin soch ildizlariga surtiladi. Agar bemorning bosh terisi ta`sirchan bo`lsa, piyozga 1:1 nisbatda tabiiy yogurt yoki qatiq qo`shish ham mumkin.

GAZANDA (KRAPIVA) O`TINING KUChI

Bir xovuch gazanda o`tini ikki stakan qaynagan suv bilan aralashtirib, ozgina vaqt davomida damlab qo`yiladi. So`ng dokadan o`tkazilib, sochlar damlama yordamida chayiladi. Ana shunday muolajani muntazam takrorlab turilsa, siyrak sochlar qalinlashadi.

TUZ YoRDAMGA KELADI

Har bir uy bekasining oshxonasida osh tuzi topiladi. U nafaqat ovqat tayyorlashda, balki siyrak sochlarni o`stirishda ham qo`l keladi. Chunki tuz zamburug`larga qarshi va antibakterial hususiyatga ega bo`lib, yallig`lanishga qarshi kurashadi. Shuningdek, bosh terisiga boshqa foydali moddalar kirishi uchun imkoniyat yaratadi.

Tayyorlanishi:

Bosh yaxshilab yuvilib, keyin 2 osh qoshiq yodlangan osh tuzini 1 osh qoshiq kanakunjut moyiga aralashtiriladi va bosh terisiga uqalovchi harakatlar bilan surtiladi.So`ng, boshga mahsus polietilen qalpoq kiyilib, 10-15 daqiqaga issiq ro`mol bilan o`rab qo`yiladi. Belgilangan vaqt o`tgach, iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Osh tuzining o`rniga dengiz tuzlaridan ham foydalanish mumkin. Bunda bitta pishib etilgan banan sanchqi (vilka) yordamida ezilib, 1 osh qoshiq dengiz tuzi qo`shiladi va suv bilan namlangan bosh terisiga tahminan 30 daqiqaga surtib qo`yiladi.Muolajalar bir haftada 1-2 marotaba bajariladi.

TABIIY MOYLAR BILAN UQALASh

Bir haftada 1-2 marotaba o`simlik moylari bilan boshni uqalash ham sochlarni qalinlashtiradi. Bunda zaytun, chakamuq, kanakunjut moylari ko`mak beradi. Ular tarkibida E va A vitaminlari mavjud bo`lib sochlarni mustahkamlaydi va oziqlantiradi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: