SOChLARNI DAVOLASh BORASIDA 5 TAVSIYa
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: SOChLARNI DAVOLASh BORASIDA 5 TAVSIYa
- Дата релиза: 31-10-17, 13:04
Darvonsal. Bunda maxsus uskuna yordamida zaif elektr toki (100 kGs) bilan soch ildizlari davolanadi. U limfa va qon tomirlari faoliyatini yaxshilab, teriga antiseptik hamda qurituvchi ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, u teri ostidagi yog` ajratuvchi bezlar faoliyatini me`yorga keltirib, yog`li sochlar uchun ham foydali.
Suyuq azot. Bunda maxsus applikator yordamida bosh terisi bir necha soniya davomida uqalanadi. Aksar hollarda boshqa muolajalar bilan birgalikda tavsiya qilinadi.
Oziqlantirish. Sochlaringiz baquvvat va ko`rkam bo`lishini istasangiz, ko`proq baliq, yashil sabzavotlar, dukkakli o`simliklar, yong`oq, tovuq go`shti, tuxum, kepakli non, dengiz mahsulotlari, sabzi iste`mol qiling.
Tabiiysini tanlang. Shampun va boshqa yuvish vositalari tanlaganda iloji boricha, tarkibiga ahamiyatli bo`ling, tabiiylarini tanlang. Lak va boshqa turmakni qotiruvchi vositalar sochlarga yomon ta`sir ko`rsatadi. Sochlaringiz to`kilib ketishini istamasangiz, iloji boricha bunday vositalardan foydalanishni kamaytiring.
Odat qiling. Ayol go`zalligi uning salomatligida. Doimo go`zal bo`lishni istagan ayol har yarim yilda ichki a`zolarini ko`rikdan o`tkazib, tekshirtirib turishni o`ziga odat qilishi kerak. Chunki tashqi qiyofangizdagi o`zgarishlar (soch va yuzda) ichki kasalliklar darakchisi bo`lishi ham ehtimoldan xoli emas.
Shuningdek, sochlarni ho`lligida taramang, ularni qattiq qilib o`rmang, turmagingizni vaqti‑vaqti bilan o`zgartirib turing.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар