Sochlarni qishki uyqudan uyg'otamiz
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Sochlarni qishki uyqudan uyg'otamiz
- Дата релиза: 13-03-18, 10:20
Qishdan so'ng sochlarni tartibga keltirish juda muhim. Sababi, sovuqda shapka kiyib yurilgani bois sochlar xira torib qoladi. Shu bois darrov ishga kirishmasak bo'lmaydi. Bunda bizga uy sharoitida tayyorlangan niqoblar yordam beradi.
Uy sharoitida tayyorlangan niqoblar eng samarali vositalar sanaladi. Birinchidan, bu niqoblar tabiiy, ortiqcha konservant va kimyoviy vositalardan xoli. Ikkinchidan, ularni tayyorlash uchun mahsulotlarni oson topish mumkin.
Niqobni sochlaringizga ildizidan tortib uchigacha surtasiz va boshingizni yengil uqalaysiz. Boshga yelim xalta kiyib, issiq qilib o'raysiz. Niqobni 30-60 daqiqagacha ushlab turasiz. Keyin esa yaxshilab yuvasiz.
Niqobni haftada 2-3 marta takrorlasangiz, tezroq natijaga erishasiz.
Quruq sochlar uchun:
Kanakunjut, chakamug' va zaytun moylaridan 1 osh qoshiqdan olib, aralashtirasiz. Agar sochlaringiz uchun bo'lsa, 2 osh qoshiqdan olganingiz ma'qul.
Yog'li sochlar uchun:
Xuddi yuqoridek mahsulotlarni olib, unga 2 osh qoshiq limon sharbati qo'shasiz, xolos. Niqob tayyor!
Bu niqob quruq sochlarni jilolantiradi.
1 dona tuxum sarig'ini 1 osh qoshiq kanakunjut moyi bilan aralashtirib, sochlarga surtasiz. Niqobni 2 soatdan keyin yuvish mumkin.
Shifobaxsh o'tlar ham sochlar salomatligida juda muhim. Quritilgan moychechak, qichitqi va tog'rayhon o'tlaridan 1 osh qoshiqdan olib unga 1,5 stakan qaynoq suv solib, damlang. Damlamani dokadan o'tkazib, soch ildizlariga surting. Niqob 1 soat turishi kerak. So'ng sochlarni shampunsiz chayib oling.
«Hordiq plyus» gazetasidan
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар