Sog'lom erkak spermogrammasi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Sog'lom erkak spermogrammasi
- Дата релиза: 25-05-14, 20:13
Quyida me'yordagi
spermogramma ko'rsatkichlari
keltirilgan. Doctor-D klinikasi
ma'lumotlari.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki,
sperma fertilligining
ko'rsatkichlari har xil erkakda
farqlanadi va ko'pincha juda past
spermogramma ko'rsatkichlariga
ega bo'lgan erkakdan ham
homiladorlik sodir bo'lishi
mumkinligini tajriba ko'rsatib
kelmoqda.
Spermogramma ko'rsatkichlaridan
olingan axborot aniq bo'lishi
uchun, sperma topshirishdan
oldin kamida uch kun davomida
jinsiy aloqani to'xtatib turish
lozim. Tahlil uchun spermani
laborotoriya joylashgan xonaning
o'zida topshirish kerak, chunki
sovib qolgan sperma
ko'rsatkichlari aniq bo'lmaydi.
Bitta spermagrammadanoq
erkakning bepushtligi to'g'risida
xulosa chiqarish mumkin emas.voydodshou.net saytidan olingan. Birinchidan, sperma tahlili barcha
shartlarga rioya qilingan holda
kamida uch marotaba tekshirilishi
kerak. Ikkinchidan,
spermogrammalar ko'rsatkichlari
bir-biridan farq qilsa, u holda
erkakning fertilligi haqidagi xulosa
eng yaxshi spermogramma
asosida chiqariladi.
Sog'lom erkak spermogrammasi:
Eyakulyat (urug' suyuqligi) - 4 ml
Spermalar soni (1 ml da) - 46 mln
Faol harakatdagilari - 56%
Kam harakatdagilari - 34%
Harakatsizlar - 10%
Patologik shakllari - 16%
Agglyutinantlar - yo'q
Agregatlar - yo'q
Leykositlar - 0-1
Eritrositlar - yo'q