Sog‘lom bo‘lishning g‘alati, lekin samarali usullari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Sog‘lom bo‘lishning g‘alati, lekin samarali usullari
- Дата релиза: 20-12-17, 22:01
O‘zining kuch-quvvatini va sog‘lig‘ini mustahkamlashning ko‘plab usullari bor, ularning hammasi juda oddiy. Bular bilan bir qatorda juda g‘alati bo‘lib eshitiladigan, lekin haqiqatan ham ish beradigan maslahatlar ham bor.
Qahvadan keyingi uyqu
Yaponiyadagi universitetlardan birida o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, qahva yordamida tetiklashishning eng yaxshi usuli uni iste’mol qilgandan keyin darrov uxlashga yotish ekan.
Roppa-rosa yigirma daqiqa. Nima uchun bu yordam beradi? 20 daqiqalik mizg‘ish ayni kofeinning ta’siri boshlanadigan lahzada tamom bo‘ladi. Miyaning o‘zi bu vaqt ichida adenozin — charchashning to‘planishiga qarab ajraladigan moddadan tozalanishga ulguradi.
Tish cho‘tkasiga hojat yo‘q
Ko‘pchilik odamlar kariyes xavfini kamaytirish maqsadida tishlarini ovqatdan keyin darhol tozalashni ma’qul ko‘radi. Aslida har qanday yegulik (ayniqsa tarkibida kislota bo‘lgan mevalar — sitruslilar, tomatlar; sport va sodali ichimliklar) tishlar emal qavatining tashqi ta’sirlarga sezuvchanligini oshiradi.
Kamroq yeyish uchun ko‘proq yeng
Yaqinda amerikalik parhezshunos Ben Xoganning qiziq bir tadqiqoti bosib chiqarildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, iste’mol qilingan kaloriyalar miqdorini sinchiklab kuzatib borish juda achinarli natijalarga olib kelar ekan.
Ishdan keyingi mashg‘ulotlar
Og‘ir ish kunidan keyin siz eng yomon ko‘rgan va xohlamagan ishingiz — mashq qilish. Aslida siz shusiz ham charchagansiz! Haqiqatda esa, hatto yarim soat davomida qilingan intensiv harakatlar sizga yaxshi kayfiyat bag‘ishlash bilan birgalikda ertasi kun uchun quvvat ham beradi.
Organizmda yuz berayotgan hamma jarayonlar uchun kislorod kerak bo‘ladi
Uning darajasi qancha past bo‘lsa, kayfiyat ham, ish qobiliyati ham va boshqa hayotiy ko‘rsatkichlar ham shuncha yomon bo‘ladi. Intensiv mashqlar o‘pkani kislorod ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар