SOVUQ MAVSUMDA QO`LLAR PARVARIShI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: SOVUQ MAVSUMDA QO`LLAR PARVARIShI
- Дата релиза: 03-11-17, 21:02
Qish-kuz mavsumida sovuq havo, shamol, qor, izg`irin ta`sirida kaftning yuzasi qurib, yorila boshlaydi. Bunday tipik іolatlarda qo`lni vaqtincha sovun bilan yuvishni bas qilib, gliserinli iliq suv (1 litr suvga 0,5 stakan gliserin solib) ishlating.
Sovuq paytlarda qo`lni suvga ko`p urmaslik uchun ba`zi uy yumushlari uchun rezina qo`lqoplar tayyorlab qo`ying. Ko`cha-ko`yda esa albatta qo`lqop kiyishni unutmang.
Sumkangizga qo`llar uchun mo`ljallangan oziqlantiruvchi kremlarni solib qo`ying. Darvoqe, qishda kremni surtib, darrov tashqariga chiqilmaydi, bu qo`lning shamollashiga olib kelishi mumkin. Ish joyingizda esa qulay fursat topib, qo`llaringizni oziqlantirib, yumshatishga harakat qiling.
Qo`l parvarishida haftasiga 1-2 marta turli vannalar qilish ham samarali. Moychechak, kalendula, qariqiz (chereda) damlamalari yoriqlar bitishida, shamollashni bartaraf etishda foydali xususiyatlarga ega.
1 dona tuxum sarig`iga 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq tolqon soling. Tayyor bo`lgan niqobni qo`lga qalin qilib surtib, ustidan paxta mato yoki qo`lqop kiying. 20 daqiqadan so`ng gliserinli suv bilan yuvib, oziqlantiruvchi krem surting.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар