SPORT POYABZALINI TOZALAYMIZ!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: SPORT POYABZALINI TOZALAYMIZ!
- Дата релиза: 29-09-17, 10:09
Hozirda «krossovka»larni katayu kichik kiyadi. Demak, tag qismi oq rangdagi sport poyabzalini tozalashning tez va oson yo`llarini bilib qo`ysangiz, foydadan xoli bo`lmaydi.
1. Ba`zida shoshib turganimizda, yo`lga otlana turib, oyoq kiyim toza emasligini ko`rib qolamiz. Bunday holatda uni oddiy o`chirg`ich yordamida tozalashga urinib ko`ring. Yoki bu tirnoq bo`yoјini o`chirish vositasi (aseton)dan foydalaning. Buning uchun avval paxtani maxsus suyuqlikka botirib, poyabzalning ko`rinmas joyida sinab ko`ring, bir necha soniya kuting. Oyoq kiyimingizga ziyon etmaganiga ishonch hosil qilgandan so`nggina, uni tozalashga o`ting.
2. Shoshayotgan paytda tish pastasi yordamga keladi. Kirlagan joyni avval tish pastasi, keyin toza mato bilan arting.
3. Limon kislotasi yoki sirka ham poyabzalni kulrang dog`dan xalos etadi. Suv va sirkani 3:1 nisbatda aralashtirib, poyabzalning kirlangan joyini arting. Limon kislotasini esa nam dog` ustiga seping-da, cho`tkada ishqalab yuvib tashlang.
4. Oshxonadagi dastyorimiz iste`mol sodasi oq rangli ekanini utunutgan «krossovka»ga ham oqarishiga umid berishi mumkin. Poyabzal tagini namlab, iste`mol sodasidan seping-da, tish yuvish cho`tkasida yaxshilab ishqalang. Bir chayib olganigizdan keyin yarqirashini ko`raverasiz.
5. «Krossovka» va «keda»lar tag qismini tozalashdan avval ularning o`zini chang va kirlardan tozalab oling. Agar oyoq kiyimning ust qismi matodan bo`lsa, ehtiyotkorlik bilan tozalash amaliyotini amalga oshiring.
6. Oqartiruvchi kir yuvish kukunidan foydalanib tozalamoqchi bo`lsangiz, tarkibida xlor moddasi bo`lmagan kukundan foydalaning. Xlor bunday poyabzallarda o`zidan keyin sariq dog`lar qoldiradi.
7. Poyabzalni tozalashda faqat oq rangli matodan foydalaning, chunki rangli mato o`z rangini oyoq kiyimga yuqtirish ehtimoli kuchli, ayniqsa, uni asetonda tozalayotganda.
8. Mato o`rniga iloji boricha, cho`tka ishlating. Cho`tka eng mayda teshiklargacha kirib, oq tagli oyoq kiyimni yaxshi tozalaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар