Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Stilist maslahatlari: dengiz uslubidagi kiyimlarni qanday kiyish kerak?
Stilist maslahatlari: dengiz uslubidagi kiyimlarni qanday kiyish kerak?

Stilist maslahatlari: dengiz uslubidagi kiyimlarni qanday kiyish kerak?

Stilist maslahatlari: dengiz uslubidagi kiyimlarni qanday kiyish kerak?
Rossiyaning Birinchi kanalidagi “Moda sudi hukmi” (“Modniy prigovor”) dasturi bosh stilisti Aleksey Suxaryov yozgi ta’til vaqtida amalga oshiriladigan sayohatlar chog‘ida qanday kiyimlar kiyish borasida o‘z maslahatlari bilan bo‘lishdi.

“Dengiz uslubining asosi — bu albatta yo‘l-yo‘l kofta. Uni tanlashdagi asosiy qoida — oq chiziq ko‘kidan enliroq bo‘lishi kerak. Shunda yo‘l-yo‘l kofta qomatni to‘la qilib ko‘rsatmaydi va har qanday komplektga mos tushadi. Kiyim yetarlicha keng, hatto yelkasi va uzunligi ham bemalol turishi kerak, shunda siz uni ham shim yoki yubkaga solib, ham ulardan chiqarib kiyishingiz mumkin. Esda tuting, qiyofaga faqat bitta yo‘l-yo‘l kiyimni kiritish mumkin, qolgan kiyimlarning barchasi bir tusli bo‘lsin”, — deydi stilist.

Yo‘l-yo‘l kofta jinsi shimlar — ham klassik, ham skinni va boyfrend shimlar bilan yarashadi. Oddiy matoli shim kiymoqchi bo‘lsangiz, to‘q ko‘k, oq, qizil va och jigarrang tuslarini tanlang, beli balandda, o‘zi esa polgacha tashlanib turadigan shimlar, shuningdek, kyulot shimlar ko‘rinishidagi modellar unga mos tushadi. Ustki kiyim sifatida oddiy oq jaket yoki tillarang tugmali bleyzer va jinsi kurtkani ham tanlashingiz mumkin.

Bunday yo‘l-yo‘l ko‘ylaklar juda “xavfli”: ular qomatingizning ma’lum bir qismlarini semiz qilib ko‘rsatishi mumkin. Agar yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiyishni judayam istayotgan bo‘lsangiz, ingichka oq-havorang chiziqlisini tanlang.

Dengiz uslubidagi yubkalar tizzagacha to‘g‘ri tushgan, gode bichimidagi yoki “qalam” ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asosiysi, ularning rangi qizil, oq, ko‘k bo‘lsin va dengizga ishora qiluvchi har qanday bezaklari bor bo‘lsin.

Kruiz turidagi aksessuarlar — kema rul chambari, korallar ko‘rinishidagi ziraklar, lenta taqilgan shlyapalar, yo‘l-yo‘l matoli tasmasi bo‘lgan soatlar, poxol sumkalar (katta emas, quticha ko‘rinishidagi va yelkaga taqiladiganlari).

Dengiz uslubidagi oyoq kiyimlar ham mavjud, bular — espadrilya, po‘kak tagcharmli bosonojka, oq keda, topsayderlar.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: