Sumalak jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Sumalak jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi
- Дата релиза: 23-03-17, 20:02
Xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bug`doy doni ko`katidan tayyorlanadi. Uning sir-asrorini bilguncha, foyda-zararini aniqlaguncha qancha vaqtlar o`tmagan.
Ko`p asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalakning shifobaxshligiga ishonch hosil kilingan. Buni his etgan barcha, katta-kichik, sog`-bemor uni tanovul qilishga shoshiladi. Xususan, qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik, ilik uzildi paytga to`g`ri keladi.
Sumalak bahorning shifobaxsh tabarruk taomi bo`lib, u qonimizni tozalab, jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi.
Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar mo`l bo`ladi.
1936 yilda bug`doy o`simtasini tekshirgan Emerson va Evans ismli nemis olimlari bug`doyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenshen tarkibida uchraydigan E vitaminining o`zginasi ekanligini isbotlashgan.
Olimlarning ta`kidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, me`da-ichak xastaliklariga yaxshi davo bo`lib, qon tarkibini yaxshilab, me`da-ichak faoliyatini me`yorga keltiradi, asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар