Ta’ziya odoblari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ta’ziya odoblari
- Дата релиза: 15-04-18, 14:49
“Muslimaat.uz” muslimalar sahifasida Yunusobod tumani bosh imom-xatibi, Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi, “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinovning ta’ziya odoblariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.
Ayriliq dardi og‘ir, juda og‘ir. Taqdiri ilohiyga bo‘ysunsak-da, qazoning haqligiga iqror bo‘lsak-da, banda ekanmiz, yuraklar o‘rtanadi, ko‘kraklar damodam qisiladi. Ko‘zyoshlarimiz sabr bulog‘idan toshib chiqib, g‘am qahri orqali anduh ummoniga oqadi.
Vaqti-soati yetib olamdan o‘tish xalqimiz tilida “bandalikni bajo keltirish” deyiladi. Bandalikni bo‘yniga olgan inson yoshi ulg‘ayib borar ekan, omonatini topshirish tadorigini ko‘radi.
Har bir insonning umri poyoniga yetar ekan, barcha yaqinlari, farzandlari unga qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilishni xohlaydi. Lekin hamma ham bunday paytda qanday amallarni bajarishni bilavermaydi. Bilib qo‘yish esa hayotiy zaruratdir.
Aytaylik, og‘ir yotgan bemor jon uzilish oldidan hushidan ketishi mumkin. Bunday paytda og‘izga nam berib turuvchi so‘lak bezlarining faoliyati to‘xtab qoladi. Shunda paxtani suvga pishib olib, bemorning lablari namlab turilsa, unga ancha yordam bo‘ladi. Ba’zi hollarda burun bo‘shlig‘i qisilib, og‘iz torayib qoladi. Umr lahzasi tugab borgan sari qazo alomatlari sezilib boraveradi: ba’zan bemorning yuzida xollar paydo bo‘ladi. So‘zlashga harakat qilsa, tovush chiqarish uchun sarflangan quvvat og‘iz bo‘shlig‘idan chiqmay, halqumga ketib qoladi. Bu holatni “sharsharog‘” yoki “g‘arg‘ara” deyishadi. Shunday alomatlarni sezganimizdan so‘ng hushyorlikni kuchaytirmog‘imiz lozim. Avvalo, bemorning o‘zi tildan qolganicha kalima keltiradi. Ammo Allohning irodasi, bemor tildan qolsa, yonida hozir bo‘lgan farzandlar, xesh-aqrabolar kalima keltirib tursa, bemor buni sezadi, ko‘ngli taskin topadi. Bunday alomatlarni sezsak, bemorning yostig‘i baland bo‘lsa, bir oz pasaytirib qo‘yib, uning ko‘z imo-ishorasidan, lablarining harakatidan nima demoqchi ekanligini anglashga harakat qilmoq kerak.
Sahobalardan qolgan ta’limotga ko‘ra, jon taslim bo‘lish oldidan bemor o‘ng yonboshi bilan yotqizilib, yuzi qibla tomonga qaratib qo‘yiladi.
Ulamolarimizning bayon qilishicha, Alloh taolo Odam Atoga jon bag‘ishlaganda jon dastlab dimog‘laridan o‘tib, avvalo ko‘zga kirgan, so‘ng boshqa a’zolarga o‘rnashib, oxiri oyoqqa kirgan ekan. Vaqti-soati o‘lchab berilgan bu jon insonni xuddi shu tartibda tark etar ekan. Avvalo oyoqdan, so‘ngra boshqa a’zolardan chiqib, oxirulamr inson vafot etadi. Endi uni “mayyit” deb ataydilar.
Bemor bandalikni bajo keltirgach, uning yaqinlari va ahli ayollari, farzandlari baravariga faryod qilavermasdan, shariatimiz ko‘rsatmalarini bajarishga kirishishlari kerak. Oilaning kattalaridan biri mayyit yotgan uyga kirib, uning yuzi boshqa tomonga qarab qolgan bo‘lsa, qiblaga qaratib, ko‘zlarini ohista silab yumib qo‘ymog‘i, qo‘l-oyoqlarini to‘g‘rilab, iyaklarini rostlab qo‘ymog‘i darkor. Bordi-yu, xonadonda yuqoridagi amallarni qilishga qodir odam bo‘lmasa, qo‘shnilardan so‘rash lozim, toki mahallada bunday savobli ishga tayyor bo‘lgan, ko‘pni ko‘rgan, bu kabi ishlarni avval ham qilib yurgan kishilar kelib, bu ishlarni ado etsinlar. Lekin mayyitga avvalo oila a’zolarining o‘zi qaragani afzalroq.
Dafn marosimiga tez fursatda kirishmoq kerak. Jon tanani butunlay tark etganiga shubha tug‘ilgan holdagina dafnni kechiktirish mumkin.
Janozaga tadorik ko‘rilayotgan paytda, mayyitni g‘assollar qo‘liga topshirishdan avval qarindosh-urug‘lar, xesh-aqrabolar, qadrdonlar u bilan vidolashib oladilar.
Hadislarda “Kim musibat yetgan birodariga ta’ziya bildirsa, Alloh taolo qiyomat kuni unga hurmat-ehtirom libosini kiydirib qo‘yadi”, deyilgan.
Janoza namozi musulmonlar uchun farzi kifoyadir. Mayyitni g‘usl qildirib, kafanlab bo‘lish vaqtini mo‘ljallab, mayyit istiqomat qilgan mahalla hamda tobutkashlarga, tanish-bilishlarga janoza haqida xabar beriladi. Janoza namozi uchun azon chaqirilmasligi barchamizga ma’lum. Buning boisi shulki, xonadonda farzand tavallud topganda uning qulog‘iga azon aytiladi. Ana shu azon bu kishi uchun kifoyadir.
Janoza o‘qilib, duo qilingach, jamoat tobutni yelkaga olib, qabriston tomon yo‘l oladi.
Tobut ko‘chaga olib chiqilgandan so‘ng marhumning o‘g‘illari va yaqin qarindoshlari oldinda, tobutkashlar esa orqada jadal sur’at bilan mayyitni qabriston sari eltadilar.
Rasuli akram sollallohi alayhi vasallam ushbu hadisni zikr etganlar: “Mayyitni so‘nggi yo‘lga tezroq olib boringlar, chunki agar u ahli solihlardan bo‘lsa, uni kutilayotgan joyga tezroq olib bormoq darkor. Agar bunday bo‘lmasa, yelkangizni noxush yukdan tezroq xoli qilgan bo‘lasiz”.
Tobutkashlar tobutni navbat bilan yelkama-elka olib boradilar. Tobutni ko‘tarmoqchi bo‘lganlar imkon qadar avval mayyitning o‘ng yelkasi tomondan, so‘ng o‘ng oyoq tomonidan, keyin esa chap yelkasi va chap oyoq tomonidan ko‘tarishga harakat qiladilar.
Ko‘chadan tobut olib o‘tilayotganini ko‘rgan har bir mo‘min-musulmon imkoniyatiga qarab tobutni yelkaga olishi hurmat va odobdan hisoblanadi. Tobutni olib kelayotgan kishilar ularga navbat berishlari ham yaxshi odatlarimizdan sanaladi.
Mayyit yerga berilgandan so‘ng jamoat ta’ziyador xonadonga qaytib keladi. Qur’oni Karim tilovatidan so‘ng ta’ziyani boshqarayotgan kishi duo-fotiha qilib, jamoatga ruxsat beradi. Yumushi borlar azadorlarga hamdardlik bildirib, tarqaladilar. Zarur yumushi bo‘lmagan qadrdonlar azadorlarga hamdard va hamdam bo‘lib, bir oz muddat turishlari mumkin.
Azador xonadonga qo‘ni-qo‘shnilarning taom tayyorlab chiqarishi ham shariatimizning ko‘rsatmalaridandir. Zero, mazkur xonadon ahlining taom tayyorlashga fursati ham, sharoiti ham bo‘lmaydi. Bunday yumush ko‘ngillariga sig‘maydi ham.
Kezi kelganda aytib o‘tish kerakki, har qanday holatda ham mayyitning ortidan dod-faryod qilish musulmonchilik nuqtai nazaridan joiz emas. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday ta’lim beradilar:
“Oiladagilarning haddan tashqari dod-faryodi uchun u dunyoda marhum javob beradi”. Demak, ortiqcha dod-faryodimiz bilan marhumning qismatini og‘irlashtiramiz, xolos.
To‘g‘ri, insoniy his-tuyg‘ular Sarvari Koinot uchun ham begona emas edi. U Zoti bobarokot ham marhuma onalari va qizlarining qabrlari ustida yig‘laganlar, faqat unsiz yig‘laganlar. Shuning uchun ham bunday paytlarda unsiz yoki past ovozda yig‘lashga yo‘l qo‘yganlar. Ammo qattiq ovoz bilan aytib yig‘lash, o‘zini-o‘zi urib yig‘lashni ta’qiqlab, shunday deganlar: “Kimki chakkalariga urib yig‘lasa, kiyimlarini pora-pora qilsa, mushriklarga o‘xshab aytib yig‘lasa, bizdan emas”. Alloh asrasin!
Odatda, mahalla ahli, masjid qavmi ta’ziyaga ko‘pchilik bo‘lib kirib keladi. Ularga imomlar, ahli ilmlar, hurmatli qariyalarimiz yo‘lboshchilik qiladilar. Katta jamoatni boshlab kelayotgan kishilar juda ziyrak va hushyor kishilar bo‘ladilar. Ular bunday katta izdihomlarda so‘rashish va salomlashish odobini juda yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lib, agar o‘zlari kutib oluvchilar bilan qo‘l berib so‘rashib qo‘ysalar, orqadagilar ham beixtiyor shunday qilishga majbur bo‘lib qolishi, oqibatda keluvchi va ketuvchilar mahtal bo‘lib qolishini tajribadan biladilar. Shuning uchun bunday holatlarda ko‘z bilan va qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib, masofadan turib so‘rashganimiz ma’quldir.
Dinimizning ta’ziya odobi borasidagi ko‘rsatmalaridan yana biri yurtga ehson dasturxoni yozib, savobini vafot etgan yaqinlariga bag‘ishlash niyatida qilingan marosimlarga oiddir. Bunday marosimlarni, albatta, shariat ahkomlariga, ahli sunna val jamoat e’tiqodiga, mazhabimizda rasm bo‘lgan qoidalarga muvofiq tarzda o‘tkazish zarur. Ta’ziya marosimlarini bid’atlardan xoli ravishda, ahli ilm hamda mahalla ulug‘lari bilan bamaslahat, imkon qadar yengil, kamtarona, kamchiqim holda o‘tkazmog‘imiz ma’qul.
Musibatxonalarda payshanbalik, yakshanbalik nomi bilan qilinayotgan, dafndan keyin ma’lum kun yoki oyni sanab, ayniqsa, ikki hayit kunlarida o‘tkazilayotgan xudoyi marosimlari diniy kitoblarimizning birortasida buyurilmagan.
Musibat yetgan xonadonda muayyan kunga bog‘lamasdan, oilaning iqtisodiga zarar yetkazmaydigan holatda xudoyi qilib o‘tkazilsa, kifoya qilur.
Yoshini yashab, oshini oshab, oxirat manziliga yaqinlashgan insonni parvarish qilish, qazosi yetgandan so‘ng esa uning hurmatini o‘rniga qo‘yish, toat-ibodatlarimizdan so‘ng haqqiga duo qilib, ruhini shodlab turish xalqimizning eng ezgu qadriyatlaridan biridir. Buni har bir erkak – oilaboshi bilishi zarurdir.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар