Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Tabiiy charmni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Tabiiy charmni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?

Tabiiy charmni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?

Tabiiy charmni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Charmdan qilingan buyumlarni tanlashda ko‘pincha sotuvchi qalbaki narsani tabiiy matodan qilingan deb aldayaptimi yoki haqiqatan ham bizga asl va sifatli buyumni taklif qilayaptimi deb o‘ylanib qolamiz. Charmdan qilingan buyumlarning aslligini aniqlab, ishonch bilan haqiqatga erishish juda muhim. Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Eng samarali va hammasidan ko‘ra ommaboproq bo‘lgan usul – materialga barmoqlarni tekkizish. Tabiiy charm sizning teginishingiz natijasida darhol isiydi. Qalbaki charm esa avvalgidek sovuq holida qoladi. Bu usulning samaradorligi salqin ob-havoda ortadi.

Shuningdek materialning ishlov berilmagan qismiga e’tibor berish juda muhim. Uni masalan oyoq kiyimning bog‘ichlari atrofidan topish mumkin. Bu joydagi qalbakilik yupqa qatlamdan qilingan qoplamaning o‘ziga xos qatlamini namoyish qiladi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holat – ustiga sun’iy charm yelimlab yopishtirilgan mato. Tabiiy charm esa ancha mahkam va qalin bo‘lgan birgina qatlamdan tashkil topgan bo‘ladi.

Charm ustiga suv tekkizish orqali uni tekshirib ko‘rish ham yomon usul emas. Shubha tug‘dirayotgan charm ustiga bir-ikki tomchi suv tomizing. Haqiqiy charm suvni o‘ziga singdirib oladi va biroz qoramtirroq bo‘lib qoladi. Qalbakisidan esa suv tomchilari shu ondayoq oqib ketadi. Bundan tashqari, tabiiy charmdan qilingan buyumlarga albatta charmli namunalar ilova qilinadi. Ular odatda sun’iy charmdan qilingan buyumlarda ishlatiladigan matolardan ancha qalinroq bo‘ladi.

Mana ko‘rayapsizki, charmdan qilingan buyumlarning tabiiylik va sifat darajasini aniqlash juda oson ekan.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: