Tabobat: ENG YaXShI TO`RTTA TABIIY ANTIBIOTIK
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Tabobat: ENG YaXShI TO`RTTA TABIIY ANTIBIOTIK
- Дата релиза: 05-10-17, 09:10
Xren.
Juda kuchli tabiiy antibiotiklar sirasiga kiradi.
Traxeit, bronxit, davomli yo`talda: 1 qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan erqalampirni 3 qoshiq asal bilan aralashtirib tindirilib, bir kunda 1 mahal 1 choy qoshig`idan iste`mol qilinadi.
Sistit va uretritda:1 qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan erqalampirni 100 ml. qaynoq suv bilan aralashtirib, 5 daqiqa usti yopib tindirib qo`yiladi va bir kunda 3-4 piyoladan ichiladi.
Klyukva (qizil nordon meva).
Bu meva antibiotik va viruslarga qarshi modda sifatida qo`llaniladi. Siydik qopi va yo`lini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Klyukva, to`qimalarni tashqi muhitning salbiy ta`siridan himoyalovchi antioksidantdir.
Klyukva bakteriyalarni o`ldiradigan, peshob haydovchi va shamollashga qarshi kurashishda tengi yo`q meva hisoblanadi.
Malham tayyolash uchun: Klyukva va brusnika mevalarini (3:1) shakar bilan obdon aralashtirib, ezib, 2 osh qoshig`iga 0,5 litr iliq suv aralashtirib tayyorlanadi.
Sarimsoq.
Sarimsoq qondan, ichki a`zolardan va nafas yo`llaridan zararli bakteriyalarni va ichak parazitlarini chiqarishga yordam beradi. Qon bosimini tushirib, tromb hosil bo`lishining oldini oladi. Sarimsoqni iste`mol qilganda, saratonga qarshi kurashuvchi va antioksidant bo`lgani bois, organizm zararli moddalardan tozalanadi. Sarimsoqning bir bo`lakchasida 400 ta foydali tarkibiy qism mavjud. Ular qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi, miya saratonini keltirib chiqaruvchi multiformali glioblastoma hujayralarini o`ldiradi, tuberkulyoz tayoqchasi, ichak tayoqchasi va xelikobakter (oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi)larni yo`q qiladi, ichakdagi gijjalarni haydaydi.
Sarimsoqdan 100 dardga da`vo ichimlik tayyorlash uchun: Ochiq rangli shisha idishga 12 dona sarimsoqni to`rtga bo`lib, 3 katta piyolada qizil sharob bilan arlashtirib, og`zini yopib deraza yoniga (quyoshli joyga) 2 haftaga qo`yiladi. Har kuni 3 marta qo`zg`ab qo`yiladi. 2 haftadan so`ng dokadan suzib olib, qora rangli shisha idishga solib qo`yiladi. 1oy davomida kuniga 1 qoshiqdan 3 marta qabul qilinadi.
Bo` mo``jizakor ichimlik organizmni tuzdan tozalaydi, qonni tozalaydi, immunitetni oshiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. Ayollar kasalliklari va shamollash uchun ham foydali.
Rayhon.
Yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardan va infeksiyalardan tozalaydi.
Angina uchun: 4 qoshiq maydalangan rayhon bargini 250 ml. qaynagan suvga solib, 20 daqiqa davomida qaynating va suzib olib, kun davomida 2-3 marta iliq holda tomog`ingizni chaying.
Qovoqlar shamollashi uchun: 2 qoshiq maydalangan rayhon barglarini 500 ml. qaynagan suvga soling va sovutib suzgichdan o`tkazing. Malhamga dokani botirib qovoqlaringiz ustiga qo`ying.
Bosh og`rig`ida: Rayhon, mavrak, limono`tni baravar aralashtirib 1 choy qoshig`ini 200 ml. qaynagan suvga aralashtirib, 20 daqiqa tindiring va suzib olgach, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib iching. Bu ichimlik bezovtalikdan xalos qilib, tinchlantirish xususiyatiga ham ega.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар