Tana harorati haqida 6 ta qiziqarli haqiqat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Tana harorati haqida 6 ta qiziqarli haqiqat
- Дата релиза: 29-01-18, 18:37
Ma’lum bo‘lishicha, tana harorati yosh o‘tishi bilan, chekayotganingizda va ... yolg‘on gapirayotganingizda o‘zgarar ekan.
Chekish vaqtida harorat ko‘tariladi
Sigareta uchining harorati — 95°C ni tashkil etadi. Siz issiq tutundan nafas olasiz va o‘pkaning harorati oshadi. O‘pkalar qizib ketsa, u o‘z faoliyatlaridan birini bajarish — tanani sovitish qobiliyatini yo‘qotadi. Natijada tana harorati ko‘tariladi. Chekishni to‘xtatganingizdan keyin 20 daqiqa ichida harorat normallashadi.
Yolg‘on aytsangiz, burningiz qizib ketadi
Ispaniyadagi University of Granada olimlari yolg‘onchining burni va ko‘z atrofi sohalarining harorati ko‘tarilishini tasdiqladi.
Sovuq yurak miyani himoya qiladi
Sovuq yurak — ayniqsa infarktdan keyin unchalik yomon narsa emas. Baltimordagi Johns Hopkins Bayview Medical Center shifokorlari a’zolarning jiddiy shikastlanishining oldini olish maqsadida tananing haroratini tushirish usulini ishlab chiqdi. Gipotermiya infarktdan keyin 4 soat davomida qo‘llaniladi.
Qizil qalampir qizdiradi
Qizil qalampir nafaqat taomning mazasini yaxshilaydi, balki hazm qilish jarayonida tana haroratini ham oshiradi.
Erkaklar va ayollar bir xil bo‘lmaydi
Tananing shaxsiy normal harorati qizlarda ertaroq — 13—14 yoshga kelib shakllanadi. Yigitlarda esa — taxminan 18—20 yoshlarda. 25 yoshdan keyin erkaklar va ayollar o‘rtasidagi harorat farqlari ayniqsa bilinib qoladi: erkaklar ayollarga qaraganda o‘rtacha olganda yarim darajaga “sovuqroq”!
Yosh qancha kattaroq bo‘lsa, shuncha sovuqroq
Agar siz har doim, hatto yozning issiq kunlarida ham sovqotsangiz, buning sababi yoshingizga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qarigan sari tana harorati pasayib boradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар