TANAMIZNI TUShUNIShNI O`RGANAMIZ

TANAMIZNI TUShUNIShNI O`RGANAMIZ

TANAMIZNI TUShUNIShNI O`RGANAMIZ
Tana – ichki olam ko`zgusi canaladi. Tashqi ko`rinishimiz, qomatimizdagi u yoki bu qusur o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, balki ruhiyatimizdagi yashirin muammolardan darak beradi. Muhimi, vujudimiz xaritasini yaxshilab o`rganib, undagi belgilarni to`g`ri talqin qila bilish kerak. Shundagina ruhimiz ravshan, qomatimiz esa tik va go`zal bo`ladi.

Ikkinchi dahan fikrini to`liq ifodalay olmaydiganlarda uchraydi. Bunday insonlar o`z nutqini bo`yab-bejashga xarakat kilishadi. Ko`pincha yarim haqiqat va yarim yolg`on orasida muvozanat saqlashga intilishadi.

Echim: balki bir muddatga bo`lsa-da, o`ylaganlaringizni ochiq-oydin, yashirmay aytishga urinib ko`rarsiz. Buni tashqi go`zalligingizga ta`siri kursatishi haqida ham o`ylang.

Bo`yindagi ettinchi umurtqa pog`onasi atrofida to`planadigan o`ziga xos yog` qatlami aybdorlik belgisi hisoblanadi. Inson o`zini o`zi biron narsada ayblashi yoki atrofdagilar unga shu hisni singdirishlari mumkin. Har ikki holatda ham bu aybdorlik yuki shu qadar og`irki, ba`zan jismoniy jihatdan o`zini ko`rsatib, bo`yningizni egib qo`yadi.

Echim: agar o`zingizni aniq bir narsa uchun aybdor deb his etsangiz, xayolan biror jazo o`ylab toping va uni boshdan kechiring. Shunda aybdorlik hissi ortga chekinadi.

Qo`llar – ularga qarab insonning ijtimoiy moslashuvdan naqadar muvaffaqiyatli o`ta olishi baholanadi. Ya`ni biron yangi jamoaga kirganda, u qanchalik kirishib keta oladi yoki yo`q – buni qo`llar oshkor etadi. Ko`pchilik orasida o`zini noqulay his etadiganlarning barmoqlari, bilagi va kafti semiradi.

Echim: kirishimlilikka ham o`rgansa bo`ladi. Buni avvaliga tanishlar orasidan boshlang. Asta-sekin notanishlar bilan ham dadilroq muomala qilishga o`ting. Qo`rqmang, eb qo`yishmaydi!

Elkalar – mas`uliyat yukini ko`tarib yurgani uchun ham, insonning naqadar mas`uliyatliligi ularga qarab belgilanadi. O`zi qodir bo`lgandan ortiqroq mas`uliyatni zimmasiga olganlarning elkasi qiyshayib, qomati xunuklashadi.

Echim: zimmangizga birovlarning yukini olmang, aksincha, vaqti-vaqti bilan o`zingiznikini ko`tarishib yuborishlari uchun atrofdagilardan yordam so`rab turing.

Bel – hissiyotga beriluvchan insonlarning nozik joyi. Atrofdagilarni o`z muruvvatingizu achinishingiz bilan ezib qo`ymasligingiz uchun, belingizning atrofida yog` to`plana boshlaydi.

Echim: hissiyotga beriluvchanlik odatini tashlang. Unutmang, atrofdagilar ko`pincha o`z muammolarini o`zlari hal eta oladilar. Siz ortiqcha mehribonligingiz bilan ularga fakat xalaqit berishingiz mumkin.

Qorin – jami qo`rquv va xavotirlarning makoni. Ko`pincha farzandi bilan muammolari bo`lgan onalarda yoki biron yangi g`oyani pishitib yurgan ijodkorlarda qorin katta bo`ladi. Ortiqcha xavotirlarga berilish qorinni kattalashtirib, xomsemiz qilib qo`yadi. Katta va qattiq qorin amalga oshmagan onalik tuyg`usi belgisidir.

Echim: Deyl Karnegining maslahatiga amal qiling: «Xavotirlanishni bas qilib, yashashni boshlang!».

Biqinlarning semirib ketishi o`z-o`zidan qoniqmaslik va shunga bog`liq tarzda yuzaga keladigan jizzakilik natijasidir. Bu tuyg`u atrofdagilarga ham yuqadi.

Echim: kamroq tanqid, ko`proq harakat lozim. Boshqalarni o`z baxtsizligida ayblab o`tirish – boshi berk ko`cha degani. Yaxshisi, nima qilsangiz hayotingiz yaxshiroq o`tishi haqida o`ylang.

Oyoqlarning tizzadan tepasi semirishi kuchli xususiy mulkchilik tuyg`ularining natijasidir. Ular eski narsalarni tashlab yuborishni istashmaydi. Ahamiyatini yo`qotgan munosabatlarni ham saqlab turishga intilishadi. O`zlariga yoqmasa ham, eski ishlarini tark etgilari kelmaydi.

Echim: hayotingizga yangiliklarni kiritish uchun ularga yo`l bo`shatish, joy ochish kerak. O`z odatlaringiz va qadriyatlaringizni taftish eting. Ularni saralab olganingizdan so`ng, tanangizning bu qismidagi muammodan ham xalos bo`lasiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: