TANGANING IKKI TOMONI YoXUD QAYNONA-KELIN MUNOSABATLARI HAQIDA
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: TANGANING IKKI TOMONI YoXUD QAYNONA-KELIN MUNOSABATLARI HAQIDA
- Дата релиза: 09-10-17, 21:56
Kelin: «Bu uyda yashash oson bo`lmasligini bilgandim…»
Sanobar: — Kelin bo`lib tushgan kunimdanoq qaynonamning o`z xohishini ochiq aytmay, mijg`ovlanib ish buyurishidan, o`g`lini qizg`anishi, qilgan ishlarimni ham boshqalarga o`zi bajargandek ko`rsatishidan so`ng tushundimki, bu uyda yashash oson bo`lmaydi. Bu xonadonga kelganimga 8 oy bo`ldi. Hozir homiladorman, qonim kam, belim og`riyapti. Qaynonam bir kun ham bemalol dam olishimga qo`ymadi, 2 marotaba poliklinikadan shifoxonaga yo`llanma bersa, qog`ozingizni yo`qotib qo`yibman, keyinroq shifoxonaga yotarsiz, deb bahona qildi. Bir-bir yarim oyda uyimga boraman, qaytganimdan keyin 1-2 kun qovoq-tumshuq qilib, idishlarni taraqlatib, eshiklarni qarsillatib yopib yuradi. Juda ko`p yolg`on gapiradi, masalan, uyimdan pirog olib kelsam yoki o`zim nimadir tayyorlasam, qaynotamga «qo`shni olib chiqdi, sotib oldim» kabi yolg`on gaplar aytadi. Indolmayman, shu bilan xursand bo`lsa, mayli, deyman. Telefonga, eshikka, qo`shnilarga umuman yaqinlashtirmaydi. Erim maoshini onasining qo`liga to`liq topshiradi, keyin biror so`m so`rolmay uyaladi, ishxonasiga piyoda ketadi, tushlik ham qilmaydi. Bir kosa ovqat solib bermoqchi bo`lsam, «onangdan ko`ra mehribonroqman» deb xotining mendan seni ayirmoqchi, deb o`g`lining ko`nglini buzadi. Menga yomon ham, yaxshi ham gapirmaydi, hammasini orqamdan aytadi.
Qaynona: «Sinovlarimdan o`tishiga ozgina qoldi»
Shahnoza opa: — Kelinlarga tekkan kasal — homilador bo`ldimi, kamida 3 marta shifoxonada yotishi kerak emish. Kim biladi, poliklinikadagi doktorga o`zi ataylab yozdirib olib kelgan bo`lsa kerak o`sha yo`llanmasini. Bolalarimning rizqini qiyib, endi shifoxonaga ovqat, dori-darmon tashib yurishim qoluvdi. Ota-onasiyam to`lasin, ularga challari, chaqiriqlar qildirmagan bo`lsam. Ana, qo`shni Dilfuzaning kelini, shuncha yaxshiligini bilmay, baribir uyiga ketib qoldi. Men bu kelinning tizginini bo`sh qo`ysam, boshimga chiqib oladi, qo`shnilar, uyidagilari bilan meni g`iybat qiladi. Shuning uchun ham uyiga kamroq yuboraman. Chunki kelinlarning atrofida aql o`rgatuvchilar ko`p bo`ladi. Kelinim ham shularning gapiga kirib qolmasin, deyman-da! Bitta ishiga qoyil qolaman, umuman gap qaytarmaydi, ataylab sinash uchun bir narsalar aytsam ham, «aslida bunaqa» deb o`zinikini ma`qullamaydi, indamaydi. Yana ozgina qoldi, sinovlarimdan o`tib, nabiramni tug`ib olsin, bir yoz, bir qish o`tsa, ana keyin uyiga bir oyda ikki marta yuboraman.
Ko`zgu nima deydi?
Sanobar — sabrli va itoatkor kelin, Shahnoza opa — xassisroq va ishiga pishiq ayol. Shahnoza opaning taktikasini judayam yomon deb bo`lmaydi, ammo kelinning sog`lig`i masalasida ham diktatorligu tejamkorlikni oshirib yuborish quyushqonga sig`maydi. Aslida kelinlarning betob bo`lishi azaldan qaynonalarga yoqmaydi, bundan tashqari, o`z o`g`liga nisbatan ham nihoyatda kamxarj bo`lgan odamdan buni kutish qiyin emas. Biroq kelinning sog`ligi avlodning barkamolligini belgilaydi. Og`rigan, tobi bo`lmagan paytida qaynonasidan mehr ko`rgan har qanday kelin ham shunga yarasha javob qaytaradi. Shahnoza opa odamlar hayotidan faqat yomon tomonlarni ibrat qilib olmasdan, o`z kelinini qizi deb bilib, barcha muammolarini birgalikda hal qiladigan qaynonalar ham borligini yodiga olsa va kelinining xizmatlarini yuzaga chiqarsa, oradagi sovuqlik yo`qolib, mehr olovi alangalanadi.
Xullas, bu bahsli mavzuning oxiri yo`qdek. Nima bo`lganda ham qaynona-kelin bir-birini tushunib yashasa, muammolarga o`rin qolmaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар