TANIShING: QANDLI DIABETNING «JIYaNI» — QANDSIZ DIABET!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: TANIShING: QANDLI DIABETNING «JIYaNI» — QANDSIZ DIABET!
- Дата релиза: 04-10-17, 12:12
Nefrogen qandsiz diabet — o`ta noodatiy holatning uzun nomi. Aksariyat kishilar qandli diabet bilan qandsizi bir-biriga o`xshash deb o`ylaydi. Aslida esa qandsiz diabetning yuzaga kelish sababi buyrakdagi muammolar hisoblanadi. Bu xastalik ham qandli diabet kabi surunkali dard bo`lsa-da, juda keng tarqalmagan. Xo`sh, biz bu xastalik haqida nimalarni bilamiz. Mavzu yuzasidan tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, oliy toifali shifokor-endokrinolog Dilorom O`RINBOEVAga yuzlandik.
Kasallik haqida
Organizmda suv-tuz moddalari almashinuviga ta`sir qiluvchi gormonlar bir nechta. Ulardan biri bu — vazopressin (yoki antidiuretik gormon — ADG) bo`lib, bu gormon inson bosh miyasida joylashgan gipotalamus neyroendokrin bezidan ishlab chiqariladi va gipofiz bezida saqlanadi. Bu gormon ishlab chiqarilgach, buyraklar distal kanalchalarida joylashgan sezuvchan reseptorlar (ya`ni oqsillar) bilan bog`lanib, organizmda suvni ushlab qoladi. Shu bilan birga inson qonini suyultirish, arterial qon bosimni boshqarishda ishtirok etadi.
Nefrogen qandsiz diabet (buyrak shakli) – bu qandsiz diabetni bir turi hisoblanadi. Bu kasallikda vazopressin ishlab chiqarilaveradi, lekin u birikishi kerak bo`lgan buyraklardagi reseptorlar sezuvchanligi pasayadi. Natijada organizmdan suyuqlik ko`p chiqib keta boshlaydi (ya`ni peshobga chiqish tezlashadi) va inson tanasi suvsizlanadi.
Belgilari
Chanqoq;
Poliuriya (peshobning tez-tez va ko`p miqdorda ajarilishi);
Sababsiz charchoq;
Quvvatsizlik;
Mushaklardagi og`riq;
Peshobni ushlab turolmaslik;
Charchoq, og`iz qo`rishi, so`lakning kam ishlab chiqarilishi (peshob bilan birga azot va fosfor ajralishinatijasida);
Vaznning keskin ravishda kamayishi (semirish kamdan-kam holatlarda kuzatiladi);
nikturiya (kechasi peshobning yanada tezlashishi);
Asabiylik.
Sabablari
Kichik yoshdagi bolalarda diabetning bu turi nasliy moyillik sabab yuzaga keladi. Katta yoshli bemorlarda esa orttirilgan xastalik sanaladi. Buning sabablari asosan buyrak xastaliklaridir. Ularga gidronefroz, polikistoz, uropatiyalar, surunkali pielonefrit kiradi. Qonda kalsiy miqdorining oshishi (giperkalsemiya) va kaliyning kamayishi (gipokaliemiya) ham qandsiz diabet buyrak shakli rivojlanishiga olib keluvchi sabablardir. Juda kam hollarda qandsiz diabet buyrak shaklini oilaviy turlari uchrab turadi.
Davolash
Qandsiz diabetni davolash oson kechmasligi mumkin. Negaki, organizmda suv balansini ushlab turuvchi gormon ADGnibuyrakdagi reseptorlar qisman sezmay qoladi. Avvalo xastalikining sababi aniqlanadi. Kasallik ildizi davolanmagunga qadar, uning asorati sifatida yuzaga kelgan qandsiz diabetni to`xtatish amri mahol. Dori-darmonlarni qabul qilish bilan birga tarkibida tuz va oqsil moddalari kam bo`lgan oziq-ovqatlardan tashkil topgan parhezga rioya qilish foydali.
Qandsiz diabetni davolashning asosiy shartlaridan yana biri — organizmni kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta`minlash. Organizmda elektrolit disbalans yuzaga kelmasligi uchun suyuqlik qabul qilishni tartib bilan amalga oshirish lozim. Ko`p miqdorda suv ichishdan tashqari turli xil mevalar va polivitaminlar qabul qilish tavsiya etiladi. Va albatta, agar farzandingiz yoki yaqinlaringizda yuqorida ko`rsatilgan belgilar paydo bo`lsa, darhol kechiktirmay nefrolog va endokrinolog ko`rigiga borishni unutmang! Kasallik qancha erta aniqlansa, uning davolash osonroq kechadi.
Dilnoza MIRTOLIPOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар