Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Taom mazasi idish sifatiga bog`liqmi?
Taom mazasi idish sifatiga bog`liqmi?

Taom mazasi idish sifatiga bog`liqmi?

Taom mazasi idish sifatiga bog`liqmi?
Siz kartoshkani yaxshi qovura olmayapsiz, grechkali bo`tqangiz esa buvingizning eski cho`yan qozonida pishgan bo`tqadek mazali chiqmayaptimi? Shuning uchun ham siqilib o`tiribsizmi?! Bu asabingiz buzilishiga arziydigan muammo emas! Ovqat pishirishni bilmaydigan ayollar bo`lmaydi, faqat noto`g`ri tanlangan idishlar bo`ladi.

ChO`YaN

Bu metallning issiqlik o`tkazishi nisbatan past bo`lgani uchun issiqlik cho`yan idishda bir tekis tarqaladi va uzoq vaqt saqlanadi. Cho`yan yoki cho`ziq qozonlarda uzoq pishiriladigan ovqatlar, masalan, go`sht dimlash yoki palov tayyorlash mumkin (bunday idishlarda ovqat darrov tagiga olib ketmaydi).

Afzalligi. Shakli o`zgarmaydi, rangi o`chmaydi, salga qirilmaydi, uzoq vaqt xizmat qiladi.

Kamchiligi. Sekin qiziydi. Cho`yan tez zanglaydi. Shu bois, bunday idishdan foydalangach, uni darhol quruq lattada artish kerak. Bu nozik metall tushirib yuborilsa, darz ketishi mumkin. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Bunday idishda tayyor taomlarni uzoq vaqt qoldirmang. Masalan, grechkali bo`tqa cho`yan idishda qorayadi. Ammo emal bilan qoplangan cho`yan bunday kamchiliklardan xoli.

ZANGLAMAYDIGAN PO`LAT

Zanglamaydigan po`latdan yasalgan idish — ajoyib narsa: u qulay, gigiena talablariga javob beradi, deyarli umrbod xizmat qiladi. Yuzasi yaltiroq, bu faqat chiroyligina emas, balki xizmatbop ham. Bunday yuzalar xiralariga qaraganda sekinroq soviydi, natijada ovqat anchagacha issiq turadi. Po`lat idish sotib olganda albatta devorlarining qalinligiga (eng ma`quli 0,6-0,8 sanaladi) va jilosiga (qanchalar zo`r yaltirasa, ovqat shuncha sekin soviydi) e`tibor bering.

Afzalligi. Oksidlanishga qarshi chidamli, qaynatganda ayrim mahsulotlar foydali xususiyatlari, ta`mi va hatto vitaminlarini ham yo`qotmaydi: unda tayyorlangan taom uzoq saqlanadi. Oson yuviladi, har doim yangidek ko`rinadi (faqat vaqti-vaqti bilan ichki yuzasini yoQ bilan artib turish kerak). Uzoq xizmat qiladi.

Kamchiligi. Nikelga allergiyasi bor odamlarga tavsiya qilinmaydi. Yana bir kamchiligi — issiqlik o`tkazishning pastligi. Lekin ko`p qavatli semiz tubli idish sotib olsangiz, bu kamchilikni ham bartaraf etsa bo`ladi.

ALYuMIN IDISh

Engil, arzon, uzoq xizmat qiluvchi alyuminiy idishlar bir necha o`n yil avval juda ommalashgan edi, lekin bugun zamonaviy materiallar uni siqib chiqaryapti. Lekin shunga qaramay, ayrim bekalar alyuminiy idishlarni hamon ishlatishadi.

Afzalligi. Nisbatan arzon, engil va uzoq xizmat qiladi. Alyuminiy issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Shu bois bunda suv tezroq qaynaydi.

Kamchiligi. Kislotasi yuqori bo`lgan mahsulotlarni tayyorlashda (limon, shavel va shunga o`xshashlari) bu metall parchalari organizmga tushishi mumkin, bu esa asab va suyaklarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Xulosa: bunday idishda mahsulotlarni qaynatish mumkin, ammo tayyorlangan taomlarni saqlab bo`lmaydi. O`ta ingichka devorli idishlarning shakli tez buziladi, shuning uchun alyuminli kastryulkalarning semiz devorlisini tanlagan ma`qul.

SIRLANGAN IDIShLAR

Bunday idishlarni cho`yan yoki temirdan yasashadi, 2-3 qavatli shishasimon emal bilan qoplashadi, bu uni korroziyadan yaxshiroq saqlaydi.

Afzalligi. Unda ko`p taomlarni tayyorlash, har qanday mahsulotlarni saqlash, hech cho`chimay tuzlamalar va marinadlar qilish mumkin. Ortiqcha asrashni talab qilmaydi.

Kamchiligi. Taom tayyorlashda ehtiyotkorlikni talab etadi. Ozgina e`tiborsizlik qilsangiz, tagiga oladi. Sir tez ko`chadi, shuning uchun bunday idishlar uzoq xizmat qilmaydi. Siri ko`chgan idishda taom tayyorlash xavfli: metallar qo`shiluvi natijasida zaharlanish mumkin. Bundan tashqari, ozgina joyida siri ko`chgan idishda ham mahsulotlarni qaynatganda, vitamin S bir daqiqaning ichidayoq yo`qoladi. Shuning uchun zanglamaydigan po`lat hoshiyasi bor sirli idishlarni sotib olgan ma`qul.

OLOVGA ChIDAMLI ShIShA

So`nggi paytlarda aynan shunday idish urfga kirayapti. Bu material inersiyali bo`lgani uchun mahsulotlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Mikroto`lqinli pechlar va duxovkalarga mos.

Afzalligi. Issiqlik o`tkazish pastligi bois bunday idishda issiqlik uzoq saqlanadi. Gigienik, ekologik talablarga javob beradi. Oson yuviladi va unda qasmoq to`planmaydi.

Kamchiligi. Ancha qimmat turadi. Shisha kastryulkalar bilan o`ta ehtiyot bo`lish kerak. Ularni har qanday isituvchi asbobga qo`yish mumkin. Faqat tagiga olovni kesadigan metall setka qo`yish lozim. Shisha metallga qaraganda issiqlikni yomon o`tkazgani uchun bir tekis qizimay, darz ketishi mumkin. Metall olovning taftini kesadigan setka esa issiqlikning bir tekis tarqalishiga yordam beradi.

Komila NOSIROVA tayyorladi

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: