TARBIYA HOMILADAN BOSHLANADI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: TARBIYA HOMILADAN BOSHLANADI
- Дата релиза: 03-06-14, 12:14
Farzand ota-onaning kelajagi, umidi, orzusi, boyligi, cheksiz quvonchi, suyangan tog‘idir. Bo‘lajak ona esa farzandining sog‘lom, ko‘rkam, baquvvat bo‘lishinn butun vujudi bilan istaydi. Farzand hali yerug‘ dunyoga kelmasidanoq, uni o‘z organizmi bilangina emas, qalb harorati bilan boqadi, mehrga to‘yintiradi.
Farzand ko‘radigan ayolda shunday bir bebaho tuyg‘u, hissiyot paydo bo‘ladiki, uni dunyodagi biron-bir narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi, bu Allohning mo‘‘jizasi - onalik mehridir.
Har bir ota-ona farzandining qobil, axloq-odobli bo‘lib o‘sishini orzu qiladi. Oilada yaxshi tarbiya topgan farzand eng avvalo ota-onasiga quloq soladi. Ularning pand-nasihatlarini odob bilan tinglaydi va unga amal qiladi. Shuning uchun yaxshi insonlarni «Otangga rahmat, senga tarbiya bergan onangga rahmat», deb duo qilishadi.
Yosh avlod tarbiyasi, ularning salomatligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘rgatish ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelgan ta-biiy insoniy odatlardir.
Bu boradagi muhim vazifalardan biri bolani chaqaloqlik davridan boshlaboq mustaqillikka o‘rgatishdir. Chunki bolaning bilimga bo‘lgan havasining qaror topishnda eng mas’uliyatli davr uning uch yoshgacha bo‘lgan vaqti ekani isbotlantan.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun turli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni maktabda tayyorlaydi, Shuning uchuk bolalarning o‘z tengdoshlari bilan o‘yinlarida ularga mumkin qadar ko‘proq mustaqillik bergan ma’qul.
Bolani boshlang‘ich maktabda o‘qitish davrida eng zarur narsa unda mustaqil o‘z ustida ishlash va dars tayyorlash malakasini tarkib toptirishdir» Afsuski, ko‘p ota-onalar farzandining hisob masalalarini yechib beradilar va hokazo. Xullas, bolani qiyinchiliklarni mustaqil yengishga o‘rgatmaydilar. Natijada ular yuqoriroq sinflarda o‘qiyotganda shunday qiyinchiliklarga duch keladilarki, buni o‘zlari mustaqil bartaraf qila olmaydilar.
Odatda 3-5 sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligida radio, televizor, kompyuter, elektr, texnika, turli montaj ishlari, konstrukniyalar va boshqalarga qiziqishdari ko‘proq uchraydi, Shuning uchun bolalarga shu yoshdayoq o‘z qiziqishlari - bu qiziqish qaysi sohaga oid bo‘lmasin, texnikagami, tabiatgami, san’atgami, uni qondirishga imkon berish zarur.
Bolalar 5-sinfga o‘tgach, bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq mas’uliyatli bir davr - o‘smirlik boshlanib, bu mustaqillikning rivojlanishidagi yangi pog‘onadir. Afsuski, juda ko‘p ota-onalar buni tushunishni istamaydilar. Bola hayoti bu davrda o‘ziga bo‘lgan munosabatning butunlay o‘zgarishini talab qilishini unutmaylik. Nihoyat, 16 yoshlarda bolalik davri tugab, yigit va qiz o‘zini jamiyatning haqiqiy a’zosi deb his qila boshlaydi. Binobarin, barkamol avlodni kamol toptirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bejiz emas. Ona yurtimiz ravnaqi uchun baquvvat, ruhan va jismonan sog‘lom farzandlar kerak. Chunki farzand sog‘lom bo‘lsagina, ulg‘aygach, xalqning koriga yaraydi, biron-bir sohani mukammal egallab, yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qiladi.

Смс Шерлар