Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Tashlab yuborish kerak bo‘lmagan 4 buyum
Tashlab yuborish kerak bo‘lmagan 4 buyum

Tashlab yuborish kerak bo‘lmagan 4 buyum

Tashlab yuborish kerak bo‘lmagan 4 buyum
Biz tashlab yuborishga odatlangan eng oddiy narsalar yordamida turmushdagi ko‘pgina vaziyatlarni yengillashtirish mumkin.

Qog‘ozlar uchun kanselyariya qisqichlari

Ular turli vaziyatlarda ish beradi. Bunday qisqichlardan foydalanishning eng ommabop usullaridan bir nechtasini diqqatingizga havola qilamiz.

Hamyon

Bu ayniqsa sayohatlarda, o‘zi bilan katta hamyonni ko‘tarib yurishni xohlamagan paytlarda ish beradi. Pullarni, bank kartalarini birga taxlang va ularni qisqich bilan mahkamlab qo‘ying.

Fotosuratlar uchun “ramka”

Qisqich yordamida suratlarni devorga ilish yoki stol ustiga qo‘yish mumkin.

Tish pastasini siqib chiqaruvchi

Agar pasta kam qolgan bo‘lsa, tyubikni o‘rang va qisqich bilan mahkamlang — pastani bunday siqish osonroq bo‘ladi.

Alyuminiy folga

Bu tengi yo‘q narsa: folga nam va hidni o‘tkazmaydi, yuqori haroratga chidaydi va har qanday shaklga kira oladi.

Idishlar uchun cho‘tka

Folgani yumaloq shaklga keltiring va uni idishlardagi to‘planib qolgan yog‘lar va kuyindilarni tozalash uchun ishlating.

Kumushni tozalovchi

Xira tortib qolgan kumush taqinchoqlar yoki idishlarni ichida suv qaynayotgan va folga to‘shalgan shisha idishga soling. Ikki choy qoshiq tuz qo‘shing. Bir necha daqiqadan keyin kumush buyumlar top-toza bo‘ladi.

Qaychilar uchun qayroq

Agar qaychilar o‘tmaslashib qolgan bo‘lsa, ular bilan folga varag‘ini kesing.

Souslar uchun plastik idishlar

Ketchup va boshqa souslarning plastik idishlarini tashlab yubormang. Oshpazlar ularga yog‘larni, o‘zlari tayyorlagan souslar va ziravorlarni solib qo‘yadilar, chunki og‘zi tor bo‘lgani uchun ichidagi qo‘shilayotgan suyuqlik miqdorini nazorat qilish qulayroq bo‘ladi.

Bunday idishga siz ham quymoqlar uchun tayyorlanadigan suyuqlikni solib sinab ko‘ring.

Eski futbolkalar

Agar futbolka kiyishga umuman yaroqsiz bo‘lsa, undan uyni tozalash uchun latta sifatida foydalaning. Paxta gazlama changlarni artish uchun juda mos keladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: