TERIDAGI HOLLAR : 5 SAVOLGA-JAVOB

TERIDAGI HOLLAR : 5 SAVOLGA-JAVOB

TERIDAGI HOLLAR : 5 SAVOLGA-JAVOB
Ko`pchilikni teri ustida bo`rtib chiqqan, no`xatdek keladigan hollarining ko`rinishi bezovta qiladi. Yapaloq ammo katta hollarga esa unchalik e`tibor berilmaydi. Aslida aynan yapaloq hollar muammo keltirishi mumkinligini bilib qo`yish zarar qilmaydi. Agar hol juda tez kattalasha boshlasa, rangi o`zgarsa, umuman boshqa shaklga kirsa, albatta, teri shifokori bilan maslahatlashish kerak. Bu borada mushtariylarni qiziqtirgan savollarga shifokor-dermatolog Umid SAIDOV javob beradi.

«ShAKLI O`ZGARAYaPTI...»

Ota-onamda ham, o`zimda ham hollarim juda ko`p. Ayniqsa, boshimdagi va bilak, tizza ortidagi hollarimdan qo`rqib turaman. Chunki ular ishqalanishga moyil noqulay joylarda joylashgan. Kamiga borgan sayin ko`payib shakli kattalashib ketmoqda. Hollar qachondan paydo bo`ladi, ularni qanday parvarish qilish kerak, noxush kasallikka aylanib ketmaydimi, shu haqda bilmoqchiydim.

Adiba, Samarqand shahri

–Teridagi hollar ilmiy tilda nevus deyilib, odatda inson hayotining ikkinchi yilida paydo bo`ladi. Ba`zilari tug`ma bo`lishi ham mumkin. Hayot davomida misol uchun o`smirlik davrida, homiladorlik, gormonal dorilar ta`siri, klimaks paytida ular ko`payadi, hajmi kattalashadi. Tashqi ta`sirlar – quyoshda ko`p toblanish natijasida ham hollar hajmi ancha o`zgaradi. Ko`pchilik hollar simmetrik (chetlari teng) chegarasi aniq, shakli 6 mm dan oshmaydi. Lekin holingizning bir cheti uzunroq ikkinchi tomoni umuman qisqa bo`lishi sizni sergaklantirishi lozim. Yoki bir xilda yillar davomida turgan hol kutilmaganda kattalashib, bir cheti uzun ikkinchisi qisqa holga tushsa, rangi yanada to`qlashsa yoki aksincha oqarsa, ustiga yara chiqsa, qonasa, hol ishqalanishga moyil joylar – kaft, tovon, egiladigan sohalar – tirsak, bilak, shilliq qavatlar, jinsiy a`zolar, boshda bo`lsa, doimiy shifokor nazoratida bo`lishingiz kerak. Muntazam ravishda ularni ko`zdan kechiring – yuzasi o`zgarmadimi? Usti qizarmadimi yoki shikast etmadimi? Agar zarracha o`zgarish sezsangiz ham zudlik bilan shifokor huzuriga boring. Boshdagi sochlarni tarashda yumshoq bolalar cho`tkasi (tarog`i)dan foydalaning. Agar boshdagi holingiz uzunchoq va osilib turgan bo`lsa, uni shifokor bilan maslahatlashib, olib tashlagan ma`qul.

HOL USTIDA TUK BO`LSA ...

–Holim ustiga doim uzun tuk chiqadi. Tanishlar uni olib tashlash mumkin emas, kasallik chaqiradi, deyishadi. Ammo ko`rinishidan bu g`oyat yoqimsiz, aytingchi hol ustidagi tuklarni olish mumkinmi?

Nafisa, Toshkent shahri

–Hol ustida tukning paydo bo`lishi, aslida, ijobiy holat. Bu degani xolingizning o`smaga moyilligi yo`q. Lekin uning ustidagi tukni yulish yaramaydi. Yaxshisi, uni sekingina manikyur qaychisida har 2 haftada kesib turing. Hol ustidagi tuklarni yulish, qirish, mum yordamida yulish qat`iy man etiladi. Bu holning yuzasining o`zgarishiga va u erda yallig`lanish boshlanishiga olib keladi.

«QAYSI BIRINI OLIB TAShLASh MUMKIN?»

–Burnim uchida katta uzunchoq holim bor. Tashqi ko`rinishimni buzadi. Uni olib tashlash mumkinmi? Sog`lig`imga zarar qilmaydimi?

Saida, Farg`ona shahri

–Avvalo, malakali teri shifokoriga murojaat qiling. Tegishli tekshiruvlar, shu jumladan, gistologik tekshiruv terida biron o`zgarish borligini aniqlasa, holning tashqi ko`rinishi o`zgarsa, hol joyi og`risa, qichishsa, qonasa, odamga noqulay joyda joylashsa (misol uchun ko`z qovog`i ustida), shuningdek estetik noqulaylik tug`dirsa, lazer yoki jarrohlik usuli yoki kimyoviy vositalar yordamida asoratsiz olib tashlashga qaror qilinadi.

« BILMAY ShIKASTLAB YuBORILIShI XAVFLI EMASMI?»

–Yaqinda kichik o`g`lim bilagidagi holini yulib olibdi. Endi bo`lsa yulingan hol atrofi qizarib qoldi. To`g`risi, vaqtida shifokorga olib borolmadim. Bu havfli emasmi?

Sharifjon, Namangan shahri

–Bunday paytda yara atrofini antiseptik modda bilan ishlov beriladi. Albatta, shifokorga ko`rinish shart, chunki holda nima o`zgarish yuz berganini faqat u belgilaydi. Keyinchalik bu joyni quyosh nurlaridan himoyalash muhim.

«GISTOLOGIYaDAN QO`RQAMAN»

–Yaqinda teri shifokoriga tanamdagi toshmalardan shikoyat qilib borsam, «elkangizdagi yirik holingizni ham tekshiruvdan o`tkazing», deb gistologiyaga yozib berishdi. Negadir shu tekshiruvdan qo`rqib turibman. Holimdan namuna olishlari ta`sirida yanayam ko`payib, yoki biron noxush o`smaga aylanib ketmaydimi?

Shohida, Qo`qon shahri

–Gistologiya deb hol to`qimasini mikroskop yordamida tekshirilishiga aytiladi. Agar hol namunasida shifokor yomon sifatli hujayra topsa, muammo keltirishi mumkin bo`lgan bu holni olib tashlash tavsiya qilinadi. Holdan namuna olinishi xavfli emas, chunki bu sinama malakali shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Va undan keyin ham shifokor nazorati ostida bo`lasiz.

Barno tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: