Terini quyoshdan saqlash qoidalari

Terini quyoshdan saqlash qoidalari

Terini quyoshdan saqlash qoidalari
Undan tashqari terini quyoshdan saqlashning 5 asosiy qoidasi mavjud:

1. Quyosh nurlari ostida imkon boricha kamroq bo‘lish kerak. Soat 11:00 dan 16:00 ga qadar ko‘chaga umuman chiqmaslik tavsiya etiladi. Aynan shu davr quyosh nurlarining organizm va teriga eng salbiy ta'sir ko‘rsatadigan paytidir.

2. Teri kuyishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Nobodo kuyib qolsa, namlatuvchi krem surish yoki chereda damlamasi bilan chayinish tavsiya etiladi.

3. Ko‘z osti teri yuz terisiga nisbatan 6 barobar nozikroq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘z atrofi terisini birinchi navbatda himoya qilish zarur. Buning uchun oynasi ko‘z atrofini bekita oladigan quyoshga qarshi ko‘zoynak taqish va ko‘z atrofi terisini namlatuvchi kremlarda foydalanish kerak.

4. Quyosh nurlari tik tushadigan joylarda, xususan plyajda, bosh kiyim haqida unutmaslik kerak. Birinchidan, soyabonlari katta yengil bosh kiyimi organizmni issiq urishidan saqlaydi, ikkinchidan, yuz terisiga qo‘shimcha himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Quyosh nurlaridan saqlanish vositalaridan yana biri - soyabondir (zontik). Hozirgi kunda sotuvda aynan quyoshning ultrafiolet nurlaridan himoya qiluvchi maxsus soyabonlar mavjud.

5. Nihoyat, eng muhim tavsiya: yoz kunlarida albatta quyoshga qarshi kremni surib ko‘chaga chiqish kerak.

Quyoshga qarshi krem UVA va UVB nurlariga qarshi bo‘lishi lozim (krem idishida bu haqda ma'lumot bo‘ladi).

Bunday kremlar himoya qilish qobiliyatiga qarab SPF 15 dan SPF 50-80 gacha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, kremning himoya qilish qobiliyati shuncha baland bo‘ladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: