Terini silliq qilishning 5 usuli

Terini silliq qilishning 5 usuli

Terini silliq qilishning 5 usuli
Agar kaftingizda unchalik katta bo‘lmagan kesilgan joy izlari, tizzadagi oq chandiqlar yoki yuzingiz terisida qolgan biroz o‘yiq joy bo‘lsa — bu unchalik katta muammo hisoblanmaydi va buning uchun jarrohga borish shart emas. Bunday izlardan qutulishda tabiiy vositalar ham yordam berishi mumkin.

Bodring

Bodring ayniqsa husnbuzar izlari uchun foydali. Bodringli niqoblar yoki losyonlar yallig‘lanish va yara izlari paydo bo‘lishini kamaytiradi. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, qirg‘ichda qirilgan bodringni maydalangan yalpiz barglari va tuxum oqi bilan aralashtirib yuz uchun niqob tayyorlanadi. Niqob 20 daqiqa davomida tutib turiladi.

Ladan

Bu efir yog‘i quruq terini tiklashga yordam beradi, qarilik belgilarini, cho‘zilish va chandiqlarning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Shuningdek undan niqoblar uchun asos sifatida va boshqa yog‘lar bilan birga qo‘shib ishlatish mumkin.

K vitaminli krem

Barg ko‘kat — qonning ivishida ishtirok etuvchi K vitaminining eng yaxshi manbai hisoblanadi. U ko‘kargan dog‘larni, yara izlari va cho‘zilishlarni kamaytirishga yordam beradi.

Iste’mol sodasi

Sodani ba’zi byuti-blogerlar nozik eksfoliant deb ataydi — u terini har qanday kirlardan tozalashda magnit kabi ishlaydi. Niqob tayyorlash uchun iste’mol sodasini ozroq suv bilan aralashtiring, ho‘llangan teriga suring va 10 daqiqa qoldiring.

Zaytun yog‘i

Extra Virgin xilidagi yog‘ terining o‘lik hujayralarini ketkizadi va chandiqlarni yumshatadi. Qo‘shimcha namlash uchun teriga surilgan kamroq miqdordagi zaytun yog‘ini ertalabgacha qoldirishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: