Terining yoshligi va go‘zalligi uchun zarur oziq-ovqatlar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Terining yoshligi va go‘zalligi uchun zarur oziq-ovqatlar
- Дата релиза: 04-02-18, 18:22
Ayollar go‘zal bo‘lish uchun nimalardan foydalanmaydi deysiz: kremlar, niqoblar, toniklar, losyonlar… Bularning hammasi go‘zal bo‘lishga va terining qarimasligiga yordam beradi. Lekin odam o‘zini ichki tomondan ham qo‘llab-quvvatlab turishi kerak. Qaysi oziq-ovqatlar yanada chiroyliroq va yoshroq bo‘lishga yordam beradi?
Agar siz quyosh nurlarining vayron qiluvchi ta’siridan saqlanmoqchi bo‘lsangiz: tarvuz
Bu yoz mevasi antioksidant hisoblanuvchi, pomidor va tarvuzga qizil rang beruvchi, teriga ultrabinafsha nurlari ta’sirida yetkaziladigan zarardan saqlanishga yordam beruvchi likopenga juda boy. Shuning uchun tarvuzdan kundalik quyoshdan himoyalovchi kremga qo‘shimcha kuch sifatida foydalanishingiz mumkin.
Agar siz ajinlarsiz yashashni xohlasangiz: anor
Bu ajoyib mevaning urug‘lari teriga hujum qiluvchi erkin radikallarni neytrallashtirish orqali ajinlar va teri quruqligi paydo bo‘lishining oldini oluvchi C vitaminiga o‘xshash antioksidantlarga to‘la.
Shuningdek bu mevada teriga taranglik beruvchi kollagen va yallig‘lanishni kamaytiruvchi kislota ishlab chiqilishiga yordam beruvchi antotsian moddasi mavjud.
Agar siz terini namlashni xohlasangiz: avokado
“Avokado tarkibida teriga mayinlik va taranglik beruvchi namlikni yuqori qatlamlarda ushlab turishda yordam beruvchi olein kislota — omega-9 kislotaga juda boy”, — ta’kidlaydi doktor Bouv.
Agar siz teringiz porlab turishini xohlasangiz: qorag‘at
Qorag‘at terining porlab turishiga va silliq bo‘lishiga yordam beruvchi C va E vitaminlari bilan ta’minlaydi. Shuningdek bu rezavor mevadagi tolalar yuz terisining yosh va sog‘lom bo‘lib turishiga yordam beradi.
Agar siz qoramtir dog‘lardan qutulmoqchi bo‘lsangiz: jimjima karam
K vitamini qonning quyuqlashishiga yordam beradi va tegishli ravishda tomirlardan “tomchi o‘tish”ining va ko‘zlar ostida qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi. Jimjima karamni mashhur qilgan ikkinchi ozuqaviy modda — temir. Ratsioningizda temir moddasining yetishmasligi rangparlikni keltirib chiqaradi, rangpar terida esa mayda tomirchalar ko‘proq chiqadi. Samarasini kuchaytirish uchun jimjima karamni xom holda emas, balki pishirib yeng.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар