Terlashga qarshi vosita qay bir turi ma'qul?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Terlashga qarshi vosita qay bir turi ma'qul?
- Дата релиза: 27-08-18, 14:51
Qadimgi Rimda terlashga qarshi efir moylari ishlatilgan. Aytishlaricha, o`sha paytlar xushbo`y vanna qabul qilish noxush hiddan xalos bo`lish usuli sifatida ommalashgan ekan. Erkaklar esa qo`ltiq ostiga xushbo`y xaltachalar osib yurishgan.
Bugun terlashga qarshi vositalarning xili ko`p. Shunday bo`lsa-da, bir savol o`ylantiradi: qay biri zararsiz? Quyida siz uchun foydali tavsiyalarni hozirladik.
Bakteriyalarga qarshi – dezodorant
Ushbu vosita terida noxush hid keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga qarshi kurashadi. Biroq dezodorantdan foydalanganda ter ajralishi kamaymaydi.
Hozirgi paytda dezodorantning spreyli, qattiq qalamcha, stik, deo-toshli, kristall, surtma, gel va upa shaklidagi turlari bor. Stik, krem va sprey kiyimda dog` qoldirgani bois nozikta`b ayollar e`tiborini qozona olmadi.
Gelsimon ko`rinishdagi dezodorantlar esa gliserinli bo`lib, libosda dog` qoldirmasligi bilan ahamiyatli. Upali dezodorantga kelsak, u oddiy talk va turlicha ifori bilan farqlanadi. Kristall va deo-toshlar o`ta ta`sirchan teri sohibalari uchun ayni muddao.
Bu mavsumda atir bilan birga qo`llash mumkin bo`lgan hidsiz, antibakterial xususiyatga ega dezodorantlar ishlab chiqarilmoqda.
Ikkitasi birda
Yozda terlashga qarshi birinchi raqamli vosita bu - antiperspirant. Dezodorantdan farqi, u ter ajralib chiqishini ham kamaytiradi. Antiperspirantdan foydalanilganda ma`lum vaqt terlamaysiz va noxush hiddan xalos bo`lasiz. Ushbu vositaning ham qattiq, suyuq, gelsimon, sharchali, aerozol, stik kabi turlari bor. Eng ommalashgani qattiq stik va gelsimon antiperspirant.Ular teriga yaxshi singadi, kiyimda dog` qoldirmaydi va silliq qobiq hosil qiladi.
Antiperspirant ter bezlarining suyuqlik ishlab chiqarish jarayonini cheklab, teriosti yallig`lanishini yuzaga keltirishi va limfa tugunlariga zarar etkazishi mumkin. Bunga uning tarkibidagi ruh oksidi sabab bo`ladi. Ayni modda ter ajralishiga qarshi kurashadi. Shu bois antiperspirantdan muntazam foydalanib bo`lmaydi.
Kimga qanday?
Uch soat davomida ter hididan himoyalanish talab etilsa, dezodorantdan foydalangan maqul. Ko`proq vaqt davomida ter hidi va ter ajralib chiqishidan xalos bo`lish uchun esa antiperspirant samarali vositadir.
Ushbu vositalar bir sutkada bir marotaba qo`llanadi.
To`g`ri qo`llang!
Dush qabul qilganingizdan so`ng darhol qo`ltiqosti terisiga dezodorant sepishingiz kerak. Agar yuvinishning imkoni bo`lmasa, antibakterial salfetka yordamida teri yuzasini artib, so`ng seping.
Depilyasiyadan so`ng 2-3 soat o`tgachgina terlashga qarshi vositani qo`llash mumkin.
Quyoshda toblanmoqchi bo`lsangiz, qo`ltiq ostiga surtilgan vositani yuvib tashlang. Yo`qsa, terida dog` paydo bo`lishi mumkin.
Sport mashg`ulotlari paytida dezodorantdan foydalangan maqul.
Tarkibi muhim
Mahsulot yorlig`ida alyumin tuzlari va sink mavjud bo`lsa (xlorid, sulfat, laktat, xlorgidrat) haqiqatan ham u antiperspirant bo`ladi.
Alyumin tuzlarining miqdori 25 foizdan ortiq bo`lmagan taqdirdagina teri uchun xavfsiz hisoblanadi.
Agar teringiz juda nozik bo`lsa, tarkibidanamlantiruvchi va yumshatuvchi gliserin va siklometikon mavjud bo`lgan vositani tanlang.
Mahsulot ifori qanchalik o`tkir bo`lsa, shuncha ko`p sintetik qo`shimchalar solingan bo`ladi. Bu esa allergiya qo`zg`atishi yoki markaziy nerv tizimiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Terlashga qarshi vositani tanlayotganingizda yallig`lanishga qarshi, bakteriyalardan himoya qiluvchi kumush ionlari, aloe yoki tirnoqgul (kalendula) efir moylari qo`shilganiga ahamiyat bering.
Yana bir muhim jihat: agar ushbu vositalar tarkibida triklozan, ftalat, propilenglikol, polietilenglikol bo`lsa xarid chog`i shoshilmang. Ularning o`rniga tarkibida mineral tuzlar, eman po`stlog`i ekstrakti, mavrak (shalfey) va efir moylari borini tanlaganingiz ma`qul.
Davlovchi turlari ham bor
Dorixonalarda qo`ltiq osti terisini quritib, ko`p ter ajralib chiqishiga qarshi kurashuvchi vositalar sotiladi. Bunday dezodorantlar ko`p terlaydigan ayollarga tavsiya etiladi.
Shuningdek, zamonaviy kosmetologiya nozikta`b ayollarga tuk o`sishini sekinlashtiruvchi, 48 soatlik himoyani ta`minlovchi, terini silliqlovchi, atir kabi turli iforga ega terlashga qarshi vositalarni taklif qilmoqda. Qay biridan foydalanishni o`zingiz hal eting.
Shirin SIDDIQXO`JAEVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар