Test: ko`ngli ochiq kishimisiz?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Test: ko`ngli ochiq kishimisiz?
- Дата релиза: 26-02-18, 20:15
Hayotda har xil odamlar uchraydi. Kimlardir rahm-shafqatga boy, xushmuomala va ko`ngli ochiq bo`lsa, ayrimlar buning tamomila teskarisi. Xo`sh, siz atrofdagilar bilan har doim ham xushmuomala bo`la olasizmi? Hammaga nisbatan ham ko`nglingiz ochiqmi? Bu savollarga quyidagi testni echib, javob topasiz, deb o`ylaymiz. Savollarga «ha» yoki «yo`q» deb javob bering.
Cho`ntagingizga oz-moz pul tushib qoldi deylik. Hamma pulni do`stlaringiz uchun sovg`alarga sarflay olasizmi?
O`rtog`ingiz o`zining muammolari haqida gapira boshlasa, o`zingizni eshitmaslikka olasizmi?
Agar raqibingiz shaxmat yoki boshqa o`yinda yomon o`ynasa, ayrim paytlar u ham yutishi uchun imkoniyat yaratib berasizmi?
Odamlat kayfiyatini ko`tarish uchun ularga tez-tez yaxshi gaplar aytib turasizmi?
Qo`pol hazillarni yoqtirasizmi?
Kechirimlimisiz?
Sizni umuman qiziqtirmaydigan suhbatni oxirigacha etkaza olasizmi?
Amaliyotda o`z qobiliyatingizni to`liq ishlata olasizmi?
Yutqazayotgan o`yiningizni tugatmay tashlab qo`yasizmi?
Agar haqligingizga ishonchingiz komil bo`lsa, raqibingiz fikrini eshitishni istaysizmi?
Iltimoslarni bajonidil qondira olasizmi?
NATIJALAR
1, 3, 4, 7, 11-savollardagi «ha» va 2, 5, 6, 8, 9, 10-savollardagi «yo`q» javobi uchun bir balldan hisoblang.
8 balldan ko`p. Siz xushmuomala, atrofdagilarga yoqadigan, odamlar bilan kelishib ketadigan insonsiz. Do`stlaringiz ko`p bo`lsa kerak.
4 balldan 8 ballgacha. Hammaga ham birdek rahmdil emassiz. Ayrimlar uchun hamma narsaga tayyorsiz, boshqalar, ya`ni siz yoqtirmaydiganlar, yaxshisi, sizdan uzoqroq yurgani ma`qul. Bizningcha, odamlarni xafa qilib qo`ymaslik uchun hammaga birday muomala qilganingiz ma`qul.
4 balldan kam. Siz bilan suhbatlashish hatto eng yaqin kishilaringiz uchun ham qiyin. Do`stlaringiz ko`payishi uchun odamlar bilan yaxshi munosabatda bo`ling.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар