Testlarni 100 % to'g'ri bajarish
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Testlarni 100 % to'g'ri bajarish
- Дата релиза: 14-05-14, 00:42
1-avgust – barcha abituriyentlar
kuchli hayajon bilan kutadigan
kun. Bu kunda kimdir bilimiga,
kimdir omadga, yana kimdir esa
boshqa biror narsaga ishonib
kirish imtihonlari testlarini 100%
to’g'ri bajarish hamda talabalik
baxtiga muyassar bo’lish orzusi
bilan imtihon o’tkazilish binosiga
yo’l oladi. Har kim testlarni o’zi
bilganicha, bilimiga tayangan
holda, o’z uslubidan kelib chiqib
bajaradi. Quyida testlarni to’g'ri
bajarishingizda muhim bo’lgan
zaruriy bosqichlarni keltirib
o’tmoqchiman. Bu bosqichlarga
qat’iy amal qilsangiz, testlarni
100% to’g'ri bajarishingiz
ehtimoli sezilarli darajada oshadi.
Testlarni to’liq to’g'ri bajarishni
istasangiz, quyidagilarga amal
qiling:
1. BILIMINGIZGA ISHONING.Bu
birinchi qoida! Test imtihoniga
kirishishdan avval imtihon
kuniga qadar olgan bilimingizga
ishoning. Agar abituriyent o’ziga,
bilimiga ishonsa, u o’z oldiga
qo’ygan har qanday vazifani
uddalay olishiga ishoning. Sizda
bilim bo’lsa-yu, o’zingizga
ishonmasangiz, tahminlar va
qo’rquvlar og’ushida test
bajarishga kirishsangiz, ortiqcha
hayajon ta’sirida javobi oddiy
bo’lgan savollarni ham ijobiy hal
qila olmay qolishingiz mumkin.
O’zingizga ishoning va Siz
hammasini uddalaysiz!
2. BARCHA SAVOLLARNI KO’ZGAN
KECHIRIB CHIQING.Bajarishni
boshlashdan avval savollar
kitobidagi barcha savollarga
tezlik bilan ko’z yugurtirib
chiqing. Bunday qilish orqali Siz
uchun oson bo’lgan savollarni
topish va qiyinroq bo’lgan
savollarni aniqlab olishingiz
mumkin bo’ladi. Oson
bajariladigan savollarni birinchi
o’rinda hal qiling. Javobini topish
qiyin bo’lgan, ko’p o’ylashni talab
qiladigan savollar ustida
keyinroq bosh qotirasiz. Har
doim eng oson savollarni birinchi
bajaring!
3. QOLGAN NARSA QOLIB
KETMASIN.Yuqoridagi tavsiyaga
amal qilib bajarilishi qiyin bo’lgan
savollarni tashlab ketilgan holida
unutib qoldirmang! Oson
savollarni bajarib
bo’lganingizdan so’ng albatta
qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin
bo’lgan savollarga qaytib, ular
ustida bosh qotiring.
4. VARIANTLARGA QARAMASDAN,
O’ZINGIZ FIKRLANG.Savolni
o’qiganingizdan so’ng
variantlarga qarashga
shoshilmang. Variantlar
berilmagan, deb hisoblab,
savolga o’zingiz mustaqil
ravishda, o’z fikringizga
tayangan holda javob berishga
urinib ko’ring. Javob
topganingizdan so’ng
variantlarga qarashingiz
mumkin! Agar Siz o’ylagan
javobning aynan o’zi variantlar
orasida bo’lmasa ham, unga eng
yaqin bo’lgan javob bo’lishi
mumkin. Bu usuldan
foydalangan holda to’g'ri
javobni tez topish imkoniga ega
bo’lasiz.
5. XATOLIGI ANIQ JAVOBLARNI
O’CHIRIB TASHLANG.Variantlarda
berilgan javoblarning faqat
bittasi to’g'ri bo’ladi. Qolgan
tanlovdagi xato javoblarni
o’chirib tashlang va ularga
umuman e’tibor qilmang. To’g'ri
javobni topishdan avval
noto’g'riligi aniq bo’lgan
javoblarni o’chirib tashlash
fikringizni jamlashingizda
yordam beradi. Ortiqcha
javoblarni olib tashlang, shunda
to’g'ri javobning o’zi Sizga
ko’rinib qoladi.
6. ABSOLYUT JAVOBLARNI
TANLASHDA EHTIYOT
BO’LING.Absolyut javoblarga
“Yuqoridagilarning hech qaysi
emas”, “Yuqoridagilarning
barchasi”, yoki “Barcha javoblar
to’g'ri” kabi variantlar kirishi
mumkin. Bu turdagi javoblar
deyarli har doim noto’g'ri variant
bo’ladi va agar rostdan ham
yuqorida keltirilgan javob
variantlarining kamida ikkitasi
to’g'ri ekanligiga to’liq ishonch
hosil qilmasangiz, bunday
javoblarni to’g'ri javob sifatida
belgilamang!
7. OQIM BO’YLAB SUZING.Javobni
qo’yishingiz kerak bo’lgan ______
___ bo’sh joydan oldingi so’z yoki
iboraga e’tibor bering. Javob
variantlaridagi qaysi javob Sizga
to’g'ridek tuyulayapti? Agar
bo’sh joydan avvalgi so’z yoki
ibora bilan Siz tanlagan javob
variantidagi so’z mutanosib
bo’lsa, ma’no jihatidan to’g'ridek
bo’lib tuyulsa, demak bu testning
to’g'ri varianti ham aynan shu
ekanligining ehtimoli yuqori.
8. TAVAKKALDA HAR DOIM B YOKI
C JAVOBNI TANLANG.Test
tuzuvchilar ko’pincha to’g'ri
javobni variantlarning o’rta
qismida joylashtirishadi. Shuning
uchun birinchi javob bo’lgan A
variant, yoki oxirigi javob
bo’lgan D variantda ko’pincha
xato javoblar keltiriladi.
Savolning aniq javobini
bilmasangiz, tahmin sifatida har
doim B yoki C javoblardan
tahminingizga eng yaqin bo’lgan
javobni belgilang.
Yuqoridagilar ko’p tanlov
variantlariga asoslangan testlarni
yechish bo’yicha oddiygina
tavsiya, xolos. Aslida testni to’liq
to’g'ri bajarish uchun Sizdan
ko’proq o’qish, bilim olish va
izlanish talab etiladi. Chunki
yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan,
bilimli kishining mehnatini har
qancha qiyin testlar bilan ham
bekor qilish mumkin emas.
O’qing va albatta testlarni to’g'ri
bajaradigan bo’lasiz! Bu
malumotlar maslahatlar
yodingizdan chiqmasin, qachon
test yechayotganingzda
tepadagi aytib o'tilgan gaplarni
yodingizga keltiring
Faqat o’z bilimingizga ishoning!
Men Sizga ishonaman. Siz
uddalaysiz!
kuchli hayajon bilan kutadigan
kun. Bu kunda kimdir bilimiga,
kimdir omadga, yana kimdir esa
boshqa biror narsaga ishonib
kirish imtihonlari testlarini 100%
to’g'ri bajarish hamda talabalik
baxtiga muyassar bo’lish orzusi
bilan imtihon o’tkazilish binosiga
yo’l oladi. Har kim testlarni o’zi
bilganicha, bilimiga tayangan
holda, o’z uslubidan kelib chiqib
bajaradi. Quyida testlarni to’g'ri
bajarishingizda muhim bo’lgan
zaruriy bosqichlarni keltirib
o’tmoqchiman. Bu bosqichlarga
qat’iy amal qilsangiz, testlarni
100% to’g'ri bajarishingiz
ehtimoli sezilarli darajada oshadi.
Testlarni to’liq to’g'ri bajarishni
istasangiz, quyidagilarga amal
qiling:
1. BILIMINGIZGA ISHONING.Bu
birinchi qoida! Test imtihoniga
kirishishdan avval imtihon
kuniga qadar olgan bilimingizga
ishoning. Agar abituriyent o’ziga,
bilimiga ishonsa, u o’z oldiga
qo’ygan har qanday vazifani
uddalay olishiga ishoning. Sizda
bilim bo’lsa-yu, o’zingizga
ishonmasangiz, tahminlar va
qo’rquvlar og’ushida test
bajarishga kirishsangiz, ortiqcha
hayajon ta’sirida javobi oddiy
bo’lgan savollarni ham ijobiy hal
qila olmay qolishingiz mumkin.
O’zingizga ishoning va Siz
hammasini uddalaysiz!
2. BARCHA SAVOLLARNI KO’ZGAN
KECHIRIB CHIQING.Bajarishni
boshlashdan avval savollar
kitobidagi barcha savollarga
tezlik bilan ko’z yugurtirib
chiqing. Bunday qilish orqali Siz
uchun oson bo’lgan savollarni
topish va qiyinroq bo’lgan
savollarni aniqlab olishingiz
mumkin bo’ladi. Oson
bajariladigan savollarni birinchi
o’rinda hal qiling. Javobini topish
qiyin bo’lgan, ko’p o’ylashni talab
qiladigan savollar ustida
keyinroq bosh qotirasiz. Har
doim eng oson savollarni birinchi
bajaring!
3. QOLGAN NARSA QOLIB
KETMASIN.Yuqoridagi tavsiyaga
amal qilib bajarilishi qiyin bo’lgan
savollarni tashlab ketilgan holida
unutib qoldirmang! Oson
savollarni bajarib
bo’lganingizdan so’ng albatta
qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin
bo’lgan savollarga qaytib, ular
ustida bosh qotiring.
4. VARIANTLARGA QARAMASDAN,
O’ZINGIZ FIKRLANG.Savolni
o’qiganingizdan so’ng
variantlarga qarashga
shoshilmang. Variantlar
berilmagan, deb hisoblab,
savolga o’zingiz mustaqil
ravishda, o’z fikringizga
tayangan holda javob berishga
urinib ko’ring. Javob
topganingizdan so’ng
variantlarga qarashingiz
mumkin! Agar Siz o’ylagan
javobning aynan o’zi variantlar
orasida bo’lmasa ham, unga eng
yaqin bo’lgan javob bo’lishi
mumkin. Bu usuldan
foydalangan holda to’g'ri
javobni tez topish imkoniga ega
bo’lasiz.
5. XATOLIGI ANIQ JAVOBLARNI
O’CHIRIB TASHLANG.Variantlarda
berilgan javoblarning faqat
bittasi to’g'ri bo’ladi. Qolgan
tanlovdagi xato javoblarni
o’chirib tashlang va ularga
umuman e’tibor qilmang. To’g'ri
javobni topishdan avval
noto’g'riligi aniq bo’lgan
javoblarni o’chirib tashlash
fikringizni jamlashingizda
yordam beradi. Ortiqcha
javoblarni olib tashlang, shunda
to’g'ri javobning o’zi Sizga
ko’rinib qoladi.
6. ABSOLYUT JAVOBLARNI
TANLASHDA EHTIYOT
BO’LING.Absolyut javoblarga
“Yuqoridagilarning hech qaysi
emas”, “Yuqoridagilarning
barchasi”, yoki “Barcha javoblar
to’g'ri” kabi variantlar kirishi
mumkin. Bu turdagi javoblar
deyarli har doim noto’g'ri variant
bo’ladi va agar rostdan ham
yuqorida keltirilgan javob
variantlarining kamida ikkitasi
to’g'ri ekanligiga to’liq ishonch
hosil qilmasangiz, bunday
javoblarni to’g'ri javob sifatida
belgilamang!
7. OQIM BO’YLAB SUZING.Javobni
qo’yishingiz kerak bo’lgan ______
___ bo’sh joydan oldingi so’z yoki
iboraga e’tibor bering. Javob
variantlaridagi qaysi javob Sizga
to’g'ridek tuyulayapti? Agar
bo’sh joydan avvalgi so’z yoki
ibora bilan Siz tanlagan javob
variantidagi so’z mutanosib
bo’lsa, ma’no jihatidan to’g'ridek
bo’lib tuyulsa, demak bu testning
to’g'ri varianti ham aynan shu
ekanligining ehtimoli yuqori.
8. TAVAKKALDA HAR DOIM B YOKI
C JAVOBNI TANLANG.Test
tuzuvchilar ko’pincha to’g'ri
javobni variantlarning o’rta
qismida joylashtirishadi. Shuning
uchun birinchi javob bo’lgan A
variant, yoki oxirigi javob
bo’lgan D variantda ko’pincha
xato javoblar keltiriladi.
Savolning aniq javobini
bilmasangiz, tahmin sifatida har
doim B yoki C javoblardan
tahminingizga eng yaqin bo’lgan
javobni belgilang.
Yuqoridagilar ko’p tanlov
variantlariga asoslangan testlarni
yechish bo’yicha oddiygina
tavsiya, xolos. Aslida testni to’liq
to’g'ri bajarish uchun Sizdan
ko’proq o’qish, bilim olish va
izlanish talab etiladi. Chunki
yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan,
bilimli kishining mehnatini har
qancha qiyin testlar bilan ham
bekor qilish mumkin emas.
O’qing va albatta testlarni to’g'ri
bajaradigan bo’lasiz! Bu
malumotlar maslahatlar
yodingizdan chiqmasin, qachon
test yechayotganingzda
tepadagi aytib o'tilgan gaplarni
yodingizga keltiring
Faqat o’z bilimingizga ishoning!
Men Sizga ishonaman. Siz
uddalaysiz!
Смс Шерлар