TESTOSTERON MIQDORI KAMAYIB KETSA...

TESTOSTERON MIQDORI KAMAYIB KETSA...

TESTOSTERON MIQDORI KAMAYIB KETSA...
Bo`yimda bo`lmayotgani bois tibbiy ko`rikdan o`tdim. Bachadondagi yallig`lanishdan tashqari jiddiy o`zgarishlar aniqlanmadi. Biroq erimning sperma tahlili qoniqarsiz chiqdi. Birorta ham tirik urug` yo`q. Testosteron miqdori ham me`yordan ancha past. Hozir turmush o`rtog`im bilan birgalikda davolanayapmiz. Shifokorlar homilador bo`lishingiz ehtimoli bor, ammo buning uchun eringizning gormonal holatini yaxshilash kerak deyishdi. Gormonlar haqida ozroq tushuncham bo`lsa-da, testosteronning kamayib ketish sabablaridan bexabarman. Aslida ham nega shunday bo`ladi? Agar miqdori me`yorlashmasa, nahot farzand ko`rolmaymiz?

Ismi sir tutildi

Inson organizmida har bir gormonning o`z vazifasi bor. Birortasining ta`tilga chiqishi yoki «ish tashlashi» sog`ligimiz uchun qimmatga tushishi mumkin. Xususan, erkakning kuch-quvvati, jinsiy faolligi uchun mas`ul bo`lgan testosteron gormonining kamayib ketishi nafaqat turmush tarzi, balki nozik munosabatlarga ham daxl qiladi. Muammoli nuqtasi esa farzand ko`rishga ham ta`siri bor. Aslini olganda, testosteron miqdorining pastlab borishi 35-40 yoshdan so`ng yuz berishi kerak. Bordi-yu, o`zgarishlar muddatdan erta boshlansa, demak yoshga doir jarayonlarni ro`yxatdan chiqarish mumkin. Sababini esa erkakning turmush tarzi va ayrim xastaliklardan izlash to`g`ri bo`ladi. Mavzuni androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV tanishtiradi.

«Dushman»laringizni fosh qilamiz!

Testosteron gormonining tushib ketishini maishiy va tibbiy omillar bilan izohlash mumkin.

Noto`g`ri tuzilgan taomnoma — erkak organizmining ashaddiy kushandasi. Yog`li, qattiq qovurilgan taom va eguliklar, yo`l-yo`lakay tamaddi qilish, spirtli ichimliklarga mukkasidan ketishning koni zarar. Mazkur gormon ortiqcha vaznni ham yoqtirmaydi. Stress, muntazam asabiylik, biror nimadan qattiq siqilish ham gormon balansini o`zgartirishi mumkin. Diqqat qiling, shakar, tuz, qahva, dudlangan va tuzlangan egulilklar, gazlangan va spirtli ichimliklar, fast-fud hamda kremli shirinliklar testosteron gormonining pasayishiga olib keladi.

Arterial qon bosimining ko`tarilishi;
Buyrak va siydik yo`li kasalliklari;
Qonda qand miqdorining balandligi (xususan qandli diabet);
Tayanch-harakat tizimi muammolari (osteoporoz);
Qonda xolesterin miqdorining balandligi;
Infeksion kasalliklar;
Yurak qisqarishi bilan bog`liq o`zgarishlarda testosteron holati xastaliklar asoratida buzilishi mumkin.
Tez-tez takrorlanuvchi kayfiyatsizlik. Juftingiz nimalarni xayol qilayotganini bilmaysiz. O`zi ham miq etmaydi. Chetdan qaraganda hayotga qiziqishi so`ngan, tushkunlikka tushib borayotgan odamni eslatadi.
Qo`l, oyoq va ko`krak sohasida mushaklar hajmining kichrayishi yuz beradi. Organizm yo`qotganlari evaziga ortiqcha yog`larni ishlab chiqara boshlaydi. Bu eng avval qorin sohasida ko`zga tashlanadi. Yog`lar hisobiga orttirilgan vazn esa vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.
Jinsiy zaiflik va yaqinlik qilish istagining so`nib borishi ham qonda testosteron miqdorining kamayib ketayotganidan darak beradi. Urug` sifatiga ta`sir etishi esa farzand ko`rish ehtimolini kamaytiradi.
Asosiy o`zgarishlar qatorida uyqusizlikni ham ko`rish mumkin. Ko`pincha, gormonal buzilishlar sabab kelib chiqqan uyqusizlik, mehnat layoqatining sustlashishi, aqliy faollikning kamayishi, asabiylik, jizzakilik kabilar bilan hamrohlik qilishi mumkin.
Uzoq muddat davom etgan gormonal buzilishlar ginekomostiya (erkak ko`krak bezlarining kattalashishi)ni keltirib chiqaradi.
Dengiz mahsulotlari, baliq, dengiz karami, krab tayoqchasidan tayyorlangan taom va eguliklar testosteron molekulalarining ishlab chiqarilishini rag`batlantiradi. Qovoq, qizil bulg`or qalampiri, pomidor, ko`katlar, qorag`at, mayiz, grechixa, yasmiq (pshenka) va suli yormasidan bo`tqalar ham ayni muddao.
Jismoniy faollikni oshirish lozim. Sport mashg`ulotlari, badantarbiya mashqlari, piyoda sayr qilish, yugurish shular jumlasidan.
Asosiy gormonlar tunda, uxlayotganimizda ishlab chiqiladi. Shu bois uyqu tartibi g`oyat muhim. Uyqusizlikka qarshi dorivor to`plamlamlar, tinchlantiruvchi ta`sirga ega giyohli yostiqchalardan foydalanish mumkin.
O`zgarishlarni sezasiz

Erkakning o`zini tutishi, xatti-harakatlari va jinsiy munosabatlardagi faolligiga asoslanib, testosteron gormoni miqdoriga baho berish mumkin. O`zgarishlar quyidagi belgilar orqali nomoyon bo`ladi:

Tahlil topshirish shartlari

Qondagi testosteron miqdorini aniqlash uchun gormonlarga tahlil topshiriladi. Shifokorlar bu tekshiruvni bir necha marta bajarishni tavsiya etishadi. Chunki har kungi gormonal holat bir-biridan farq qilishi mumkin. Gormon uchun tahlil ertalab topshirilgani ma`qul. Tekshiruvdan avval hech nima iste`mol qilmaslik, sport mashqlarini bajarmaslik va tamaki chekmaslik lozim. Tahlil xulosasida gormonning uch hil tasnifiga ko`zingiz tushadi. Me`yorda, umumiy testosteron – 12-33 nmol\n; biologik faol testosteron – 3,5 – 12 nmol\n; erkin testosteron – 4,5 – 42 nmol\n ko`rsatkichga ega bo`lishi kerak.

Davolash mumkinmi?

Qon tahlilida aniqlangan ko`rsatkichlarga ko`ra dori vositalari yordamida muolaja qilish mumkin. Erkak organizmining o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda davo choralarining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

E`tibor bering!

Juftingizning sog`ligini yaxshilashga hissangizni qo`sholasiz. Buning uchun quyidagi tavsiyalarni bilib qo`ying:

MARJONA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: