Tezroq va yaxshiroq o‘rganishning isbotlangan yangi 5 usuli
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Tezroq va yaxshiroq o‘rganishning isbotlangan yangi 5 usuli
- Дата релиза: 06-03-18, 09:18
Olimlar qanday qilib ma’lumotlarni esda saqlab qolish va yangi malakalarni o‘zlashtirishni tezroq amalga oshirish yo‘llarini aniqladi.
O‘rganish yo‘llarini ko‘paytiring
Bir xil narsani qayta-qayta takrorlash orqali ko‘proq narsani eslab qololmaysiz. Olimlar materialni har bir takrorlashda yondashish usulini biroz o‘zgartirishni maslahat beradi. Bu ma’lumotni tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
Sharoitni o‘zgartiring
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, biz sharoitni o‘zgartirganimizdan keyin ma’lumotlarni yaxshiroq esda saqlab qolar ekanmiz. Sizga qayer qulayroq ekanligini bilish uchun har xil sharoitlarda o‘rganib ko‘ring. Tashqi omillar ma’lum bir ma’lumotlar yoki malakalar bilan bog‘lanib ketadi. Shuning uchun siz ularni eslashingiz osonroq bo‘ladi.
O‘rganishni oraliqlarga ajrating
Sizga biron-bir ma’lumot bilan qancha uzoqroq shug‘ullansangiz, shuncha yaxshiroqdek tuyuladi. Lekin, yaxshisi muntazam tanaffuslar qilganingiz ma’qul. Dam olishdan keyin unumdorlik va diqqatni to‘plash ancha oshadi.
Hammasini birdaniga yodlashga urinmang. O‘rganishni qisqa oraliqlarga ajratish foydaliroq.
O‘rganganlaringizni kimgadir aytib bering
Kimdir sizni qo‘llab-quvvatlasa, kurashish har doim osonroq bo‘ladi. Buning ustiga o‘rganilgan materialni kimgadir aytib berish foydali. Shunda u boshingizga yaxshiroq o‘rnashib qoladi.
Ko‘p vazifalilik haqida unuting
Tadqiqotlar ko‘p vazifalilik ish sifatini va unumdorligini pasaytirishini tasdiqlaydi.
Butun diqqatingizni bitta ishga qarating. Diqqatni bir necha vazifalarga qaratish miyaning yangi ma’lumotlarni qabul qilish va saqlash qobiliyatini pasaytiradi.
Erishmoqchi bo‘lgan narsangizning aniq bir sohasini tanlang. Kuchingizni birdaniga hammasiga sarflashga urinmang: buning imkoni yo‘q.
Xulosa
Imkoniyatlaringizni yuzaga chiqarish uchun har doim o‘rganish kerak.
Har doim yangi malakalar olish yo‘llarini izlang.
Hamma narsaga chalg‘ib ketmaslik uchun, o‘zingiz uchun nima muhimroq ekanligini aniqlab oling.
O‘rganishni sizning yaxshiroq bo‘lishingizga yordam beruvchi kundalik vazifadek qabul qiling.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар