Tilga qarab tashxis qo`yamiz!

Tilga qarab tashxis qo`yamiz!

Tilga qarab tashxis qo`yamiz!
Qadimiy Xitoy tabobatiga asosan, til – tanamizni yuqori qismiga tegishli bo`lib o`pka va yurakni holatlarini aks ettiradi, tilni yon tomonlari jigarimiz va o`t pufagi sog`lig`i haqida “gapiradi”, tilni beli esa oshqozon va taloqni holatini bildirsa, tilni tomiri buyraklarimizni ahvolidan darak beradi.

Ko`p hollarda kasallikni birlamchi alomatlari aynan til holatida ko`rinadi (rang o`zgargani, qarash, qizarishlar va hokazo) shuning uchun kasallikka tilga qarab tashxis qo`yish paytida birinchi navbatda tilni kattaligi, formasi va rangiga e`tibor beriladi. Sharq tabobatiga ko`ra shamol energiyasi disbalansida til qizil rangda, quruq va dag`al, chekkalarida mayda chuqurliklar mavjud bo`ladi. Shillik (beken) energiyasi buzulishida, til usti tekis va nursiz, bir oz shishgan, nam va yopishqoq, oq – kulrang qarashga ega.

Safro (tripa) energiyasi disbalansida ham til ko`rinishi o`zgaradi, ya`ni unda oq – sariq qarash paydo bo`ladi, og`iz bo`shlig`ida achiqqimtir ta`m paydo bo`ladi.

Kasallikka tilga qarab tashxis qo`yish

Kasallikka tilga qarab tashxis quyish uchun eng yaxshi vaqt bu ertalab och qoringa maqul sanaladi. Dastlab tildagi barcha organlar aks etgan uchastkalar aniqlanadi va ulardagi har qanday o`zgarishlar qayd etiladi. Bu o`zgarishlar tegishli organlar yoki organizm tizimilarini eng avvalo qonni holati haqida xabar beradi.

Shifokor o`z e`tiborini til rangiga, uni turli qismlaridagi qarash turiga, yuzaki qismi, formasiga (tekis, g`ovakli zichligi va hokazo) unda paydo bo`lgan pufaklar, papilloma, yaralarga va ularni joylashishiga tilni harakat etish darajasiga qaratadi.

Sog`lom insonning tili qanday ko`rinishda bo`ladi?

Uni tili binafsha rang va silliq yuzli, oq tusli katta bo`lmagan qarashli, til ustidagi bo`rtmalar yaxshi ko`rinadi va oqibatda til duhobasimon tus berib turadi.

Tilni ichki organlar bilan bog`liqligi

Til ildizi – bu ichaklar;
Til uchidan chap tomon – chap o`pka, o`ng tomon – o`ng o`pka;
Til markazi — yurak;
Til ildizidan chap tomon – chap buyrak, o`ng tomon – o`ng buyrak;
O`ng tomondan, o`pka va buyrak proeksiyalari o`rtasida jigar proeksiyasi.

Tildagi dog`lar

Oq va qizil ranglar almashlanib turishi – qizilcha kasalligidan dalolat;
Ko`kimtir dog`lar – yurak qon – tomir tizimidagi harakatsizlik holatlari;
Qoramtir dog`lar – buyrakni og`ir hastaligi.
Shuningdek tilga qarab kasalga tashxis qo`yishida quydagilarga ham e`tibor berish kerak.

Til chekkalarida tishlar izi

Tilni oldi va yon qismlarida tishlarni chuqur izlari stresslar, nevrozlar va toliqishlardan darak beradi. Ayniqsa, markaziy asab tizmini jiddiy kasalliklarida tish izlari yanada aniq qo`rinadi. Bundan tashqari til chekkasidagi tish izlari disbakterioz, organizmda shlaklarni ko`pligidan va ozuqani qoniqarli hazm bo`lmayotganidan darak beradi;

Quruq til

“Tilning quruqligi” va shilliq pardaning quruqlashishi so`lakni etarli miqdorda chiqmayotgani (chanqoq) tufayli vujudga keladi va ancha kasalliklarni, jumladan ich qotishi, peritonit, tana haroratini ko`tarilishi, diabetlarni alomati hisoblanadi. Ko`p hollarda til quruqligi jigar rang qarash paydo bo`lishi bilan kechadi. Agar shilliq parda ko`p nam yo`qotsa unda yoriqlar paydo bo`lishi mumkin. Shuningdek quruq til ta`m bilishni yo`qotishini chaqiradi.

Internet materiallari asosida Sevara tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: